Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Dogʻiston Respublikasi muftiyati vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib oldi va muzey faoliyati hamda kutubxona ishi bilan tanishtirdi. Tashrif davomida mehmonlarga muassasaning ilmiy yutuqlari va bugungi kunda olib borilayotgan tadqiqot ishlari xususida maʼlumot berildi.
Dogʻiston muftiysining Markaziy Osiyodagi vakolatli vakili Murad Ismailov samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy jabhadagi tub ijobiy oʻzgarishlardan mamnuniyat izhor qildi.
Muloqot davomida Markaz va Dogʻistondagi oliy diniy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish imkoniyatlari borasida fikr almashildi.