Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov Samarqandda viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha oʻtkazilayotgan oʻquv kursi doirasida tinglovchilar uchun “Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlashda mahalla raislarining oʻrni” mavzusida mashgʻulot oʻtkazdi.
Viloyatdagi mahallalarning 25 nafar raislari ishtirok etgan mashgʻulotda joylarda nosogʻlom muhitni yuzaga keltiruvchi omillar tahlil qilinib, ularning oldini olish hamda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash borasida qilinayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga oid amaliy tavsiyalar berildi.