Home / FOTO LAVHALAR / Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida umumxalq xayriya hashari qizgʻin davom etmoqda

Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida umumxalq xayriya hashari qizgʻin davom etmoqda

Obod yurtning fayzi, tarovati oʻzgacha boʻladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada koʻrkam boʻlishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim oʻrin tutadi. Bugun butun mamlakatimiz boʻylab umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16 – 18-mart kunlari Navroʻz bayrami arafasida xayriya hashari oʻtkazish toʻgʻrisidagi Qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ham umumxalq hashari tashkil etildi.

Joriy yilning 17-mart kuni ham «Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki» shiori ostida oʻtkazilayotgan anʼanaviy umumxalq xayriya hasharida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy va xoʻjalik xodimlari faol ishtirok etdi.

Mazkur umumxalq hasharida Markazga tegishli boʻlgan hududlardagi manzarali daraxtlarning taglari yumshatildi, koʻkalamzor hudud begona oʻtlardan tozalandi, manzarali daraxtlar bezak berildi va ularning tagini yumshatgan holda oqtoshlar bilan chiroyli shaklga keltirildi, daraxtlar oqlandi.

Zero, qutlugʻ Ramazon oyida boʻlayotgan umumxalq xayriya hashari xalqimiz mehr-oqibati, birdamligi, ahilligining yana bir amaliy ifodasidir.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Imom Buxoriy va Sukarno”

Samarqandda Oʻzbekiston va Indoneziya ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan shu nomdagi spektaklning premyerasi boʻlib oʻtdi. 2023-yil yanvar …