- Alloh taologa itoatgoʻy banda istigʻfor aytadi.
- Istigʻfor aytgan banda paygʻambarlar, solihlar yoʻlidan yuradi.
- Istigʻfor aytuvchi odam imon halovatiga erishadi.
- Istigʻfor bandani gunohlardan poklaydi.
- Istigʻfor aytuvchining gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi.
- Istigʻfor aytuvchiga neʼmatlar koʻpaytirib beriladi.
- Istigʻfor bandaning martabasini koʻtaradi.
- Istigʻfor baxt-saodat olib keladi.
- Istigʻfor tufayli istigʻfor aytuvchi ham, atrofdagi odamlar ham buzuqliklardan poklanadi.
- Istigʻfor yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi.
- Istigʻfor mol-dunyoga baraka kiritadi.
- Istigʻfor aytuvchi inson farzand neʼmati bilan siylanadi.
- Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istigʻfor aytish bilan uzviy bogʻliq.
- Istigʻfor aytuvchi jahannamdan najot topadi.
- Istigʻfor bandaning jannatga kirishiga sabab boʻladi.
- Istigʻfor Alloh taoloning rahmati tushishiga sabab boʻladi.
- Istigʻfor tanani baquvvat qiladi.
- Istigʻfor aytuvchi odamning hayoti farovon boʻladi.
- Istigʻfor aytuvchiga yaxshiliklar koʻpaytirilib beriladi.
- Istigʻfor inson koʻnglini xotirjam qiladi.
- Istigʻfor boshga tushgan balolarni daf etadi.
- Istigʻfor bandani Alloh taologa yaqinlashtiradi.
- Istigʻfor aytuvchi odam Alloh taoloning rahmat-marhamatiga sazovor boʻladi.
- Istigʻfor banda holatini ijobiy tomonga oʻzgarishiga sabab boʻladi.
- Istigʻfor gʻiybatga kafforat boʻladi.
- Istigʻfor shayton vasvasasini qaytaradi.
- Alloh taolo istigʻfor aytgan bandani yaxshi koʻradi.
- Istigʻfor aytish Alloh taoloni xursand qiladi.
- Istigʻfor gʻam-tashvishlarni ketkazadi.
- Istigʻfor aytuvchi muammolaridan qutuladi.
- Istigʻfor aytuvchi odam gunohlardan forigʻ boʻladi.
- Istigʻfor aytuvchi muvaffaqiyat qozonadi.
- Istigʻfor tashvishlarni aritadi.
- Koʻp istigʻfor aytuvchi odam kasallikdan toʻliq tuzalib ketadi.
- Istigʻfor aytuvchi odam qiyinchilikdan farovonlikka chiqadi.
- Alloh taolo istigʻfor aytuvchining mushkullarini oson qiladi.
- Yetib boʻlmas marralarni istigʻfor ila zabt etadi.
- Istigʻfor ila dildagi vasvasalar yoʻqoladi.
- Istigʻfor bilan qoʻrquvlar ariydi.
- Istigʻfor bilan dilga quvonch kiradi.
- Istigʻfor qalbga taskin beradi.
- Istigʻfor koʻngilni xotirjam qiladi.
- Istigʻfor tinchlik-xotirjamlik olib keladi.
- Istigʻfor insonni sogʻlom qiladi.
- Istigʻfor kasalliklarni aritadi.
- Istigʻfor aytuvchi odam yorugʻ kunlarga erishadi.
- Istigʻfor bilan inson orzusiga yetadi.
- Istigʻfor aytuvchining dili yayraydi, koʻngli yoziladi.
- Istigʻfor xursandchilik olib keladi.
- Istigʻfor qalbni charogʻon, ruhni tetik qiladi.
- Istigʻfor aytuvchining xotirasi kuchayadi.
- Istigʻfor yuzni nurli qiladi.
- Istigʻfor rizq kelishini osonlashtiradi.
- Istigʻfor aytuvchining duosi qabul boʻladi.
- Alloh taolo istigʻfor aytuvchining ogʻirini yengil qiladi.
- Koʻp istigʻfor aytgan odam Qiyomat kuni nomai aʼmolini koʻrib xursand boʻladi.
- Olamdan oʻtib ketgan ota-onalar farzandlari aytgan istigʻforlari tufayli jannatda eng yuqori martabalarga koʻtarilishadi.
- Istigʻfor odamni tushkunlikdan xalos etadi.
- Istigʻfor hasrat-nadomatni, pushaymonni ketkazadi.
- Istigʻfor qalbni tiniqlashtiradi.
- Istigʻfor aytib yuruvchi odamga Alloh taolo har qanday qiyin vaziyatdan chiqish yoʻlini koʻrsatadi.
- Istigʻfor aytib yuruvchi odamning Alloh taolo musibatlarini koʻtaradi.
- Istigʻfor aytib yurgan bandaning Alloh taolo har qanday qiyinchiliklarini yengillashtiradi.
- Istigʻfor aytib yuruvchi inson qashshoqlikka yoʻliqmaydi.
- Istigʻfor aytuvchining ishlari yurishadi.
- Istigʻfor er-xotin oʻrtasidagi kelishmovchilikni daf etadi.
- Istigʻfor farzandlarni itoatli qiladi.
- Alloh taolo istigʻfor aytib yurgan odamga kutmagan tarafidan neʼmat, rizq joʻnatadi.
- Istigʻfor aytuvchi odamning rizqi ulugʻ boʻladi.
- Istigʻfor aytuvchi odamning kasb-koriga Alloh taolo xayr-baraka beradi.
- Kim moʻminlar haqqiga istigʻfor aytsa, Alloh unga har bir moʻmin muqobilida bittadan hasanot yozib qoʻyadi.
- Istigʻfor aytilgan xonadonga ilohiy fayzu xayr-baraka kiradi.
(Qurʼoni Karim va Rasululloh alayhisallomning muborak hadisi shariflarida).
Ibrohimjon domla Inomov