Home / FOTO LAVHALAR / MAHALLA RAISLARINING TOTUVLIKNI TAʼMINLASHDAGI OʻRNI ILMIY ASOSLANDI

MAHALLA RAISLARINING TOTUVLIKNI TAʼMINLASHDAGI OʻRNI ILMIY ASOSLANDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov ayni kunlarda Samarqandda davom etayotgan viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish oʻquv kursi tinglovchilari bilan “Mahalla raislarining ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlashdagi oʻrni” mavzusida mashgʻulot oʻtkazdi.

Mazkur mashgʻulotda mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlashda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar tahlil qilinib, bu yoʻnalishlardagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan zarur ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.

Interaktiv uslublar asosida oʻtkazilgan mashgʻulot savol-javoblarga boy boʻldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Buyuklik siri” – bitiruvchilarga katta maʼnaviy tuhfa

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Termiziy oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida 2025-2026 oʻquv yili bitiruvchilari …