Home / FOTO LAVHALAR / Indoneziya ulamolari Markazga tashrif buyurdi

Indoneziya ulamolari Markazga tashrif buyurdi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziya Ulamolar kengashining Janubiy Sulavesi provinsiyasi boʻlinmasi rahbari Hoji Najmuddin boshchiligidagi delegatsiya  tashrif buyurdi.

Mehmonlar Markazda olib borilayotgan ilmiy faoliyat yutuqlari, jumladan, xalqaro hamkorlik, qoʻlyozma asarlar tadqiqi borasidagi ishlarga, shuningdek, Imom Buxoriy va boshqa koʻplab allomalarimizning nodir asarlari tarjimalariga yuqori baho berdi.

Joriy yilning avgust oyida Jakartada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi M.Komilov boshchiligidagi delegatsiyaning Indoneziya Ulamolar kengashi aʼzolari bilan oʻtkazgan muloqoti ikki davlat ilmiy muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlarini kengaytirgani taʼkidlandi.

  

Mehmonlar Markaz muzeyida Imom Buxoriy qalamiga mansub “Sahihi Buxoriy” asarining xorijiy tillardagi tarjimalari orasida indonez tilidagi nashri saqlanib kelayotganidan koʻngillari juda koʻtarilganini bildirdi.

Yaqin istiqbolda Markaz bilan Indoneziyadagi Makassar islom universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatish masalalari muhokama qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga safari “OCIS News” nashrida

Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Xalqaro …