Samarqandda Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti hamkorligida “Ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashning sinergetik muammolari” mavzusida respublika ilmiy-texnik anjumani oʻtkazildi.
Xorijiy va mahalliy mutaxassislar, oʻqituvchi, talaba va tadqiqotchilar, soha xodimlari ishtirok etgan anjuman ijtimoiy barqarorlikning sinergetik muammolarini muhokama qilish, taʼlim sohasiga fan yutuqlarini keng tatbiq etish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda Markaz direktori Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev qatnashib, “Samarqandda sinergetik tadqiqotlar taraqqiyoti” mavzusida maʼruza qildi.