Home / FOTO LAVHALAR / “YASHIL MAKON” ETMOQDA DAVOM

“YASHIL MAKON” ETMOQDA DAVOM

Samarqand viloyati Payariq tumanidagi “Imom Buxoriy avlodlari” bogʻida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi doirasida 13 noyabr kuni hashar tashkil etildi.

Unda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, tumandagi masjidlar imom-xatiblari, Hadis ilmiy maktabi ustoz-murabbiylari bilan birga Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari ham faol ishtirok etdi.

Hashar davomida bogʻ hududiga 200 tupga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Joylarda hashar tadbirlari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga safari “OCIS News” nashrida

Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Xalqaro …