Home / FOTO LAVHALAR / OGOHLIK — BUGUNGI KUN TALABI

OGOHLIK — BUGUNGI KUN TALABI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlarining Qashqadaryo viloyatidagi targʻibot missiyasi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining neft va gaz fakultetida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bilan davom etdi.

Unda ilmiy xodimlar Sh.Umarov, B.Mahmudov, S.Abduvoitov talaba-yoshlarni bugungi globallashuv sharoitida uchrayotgan turli koʻrinishdagi axborot xurujlaridan ogoh etib, ulardan saqlanish choralari haqida maʼlumotlar berdi.

Tadbir doirasida Markaz nashrlari taqdimoti tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga safari “OCIS News” nashrida

Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Xalqaro …