Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZ VAKILLARI – TURKIYADA OʻTKAZILGAN ANJUMANDA

MARKAZ VAKILLARI – TURKIYADA OʻTKAZILGAN ANJUMANDA

Avval xabar berilganidek, Turkiyaning Denizli shahrida Pamukkale universitetining Islom ilmlari instituti, Turkiyadagi Gaye Vakfi jamgʻarmasi hamda Qirgʻizistonning Oʻsh davlat universiteti hamkorligida II Xalqaro Saraxsiy konferensiyasi oʻtkazildi.

Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazidan Otabek Muhammadiyev “Imom Saraxsiy boʻyicha Oʻzbekistonda olib borilayotgan tadqiqotlar” va Mehrojiddin Amonov “Oʻzbekistonda saqlanayotgan Imom Saraxsiyning “Mabsut” asariga oid qoʻlyozmalar” mavzularida maʼruza qildi.

Anjumanning “Saraxsiy boʻyicha tadqiqotlar” nomli asosiy sessiyasidan oʻrin olgan maʼruzalarda notiqlar yurtimizda alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini oʻrganish boʻyicha olib borilayotgan ishlar, buning uchun hukumatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlarga alohida toʻxtalib, Markaz ilmiy faoliyati natijasida qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyatlar borasida ham keng maʼlumot berdi.

Tadbir doirasida mamlakatimiz vakillari taniqli faqih olim, Gaye Vakfi rahbari, Saraxsiyning 30 jildlik “Mabsut” asarini turk tiliga oʻgirgan tarjimon, professor, dr. Mustafo Jevad Akshitga Markazning esdalik sovgʻasini topshirdi.

Konferensiya yakunida maʼruzachilarga tegishli sertifikatlar taqdim etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …