Home / FOTO LAVHALAR / TURKIYADA NUFUZLI ANJUMAN BOSHLANDI

TURKIYADA NUFUZLI ANJUMAN BOSHLANDI

 Turkiyaning Denizli shahrida Pamukkale universitetining Islom ilmlari instituti, Turkiyadagi “GAYE VAKFI” jamgʻarmasi hamda Qirgʻizistonning Oʻsh davlat universiteti hamkorligida “II Xalqaro Saraxsiy konferensiyasi” boshlandi. Uning ochilish marosimida universitet rektori, professor doktor Ahmad Qutlixon, Turkiya diyonat ishlari vaziri, muftiy Ali Erbosh, madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy soʻzga chiqdi.

Konferensiyada 15 ga yaqin davlatdan borgan 100 dan ortiq ishtirokchi  qatorida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Otabek Muhammadiyev va Mehrojiddin Amonov ham qatnashmoqda.

Anjumanning kelgusi ish kunlarida Markaz vakillarining ham maʼruza qilishi rejalashtirilgan.

 Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga safari “OCIS News” nashrida

Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Xalqaro …