Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni keng targʻib etish bugungi kunda dolzarb masalaga aylanmoqda. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislarining Samarqand shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlarining 25 raisi bilan oʻtkazgan oʻquv-seminari shu mavzuga bagʻishlandi.
Anjumanda MFY raislari bu yoʻnalishdagi faoliyati tahlil etilib, bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi. Shahar mahallalarida istiqomat qilayotgan turli millat va din vakillari oʻrtasida hamjihatlik va bagʻrikenglikni keng targʻib etishning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Interaktiv uslublar asosida oʻtkazilgan mashgʻulot savol-javoblarga boy boʻldi.