Targʻibot guruhi 13 oktyabr kuni Tayloqda tumandagi “Talliota” MFYda tadbir oʻtkazdi.
Unda mahalla ahliga internetda beozor koʻrinadigan, hatto gohida yoqimli tuyiladigan baʼzi kontentlar zoʻravonlik gʻoyalari yovuzlik kayfiyatini uygʻotishi natijasida xunuk oqibatlarga olib kelishi hayotiy misollar asosida tushuntirib berildi. Tarbiyani bolalarimiz turli gadjetlardan emas, avvalo, ota-onasidan, bobo-momosidan, ezgulikka, poklik va dinu diyonatga chorlovchi kitoblardan olishi, bu esa hayot-mamot masalasi ekani taʼkidlandi.
Tadbir qatnashchilari mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, yurtimiz zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalar va mutafakkirlarning ibratli hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosi, ustozga hurmat va ilm olish fazilati, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash hamda vatanparvarlik tuygʻusini yuksaltirish mavzularida mulohaza yuritdi.