Home / FOTO LAVHALAR / NAVBATDAGI MASHGʻULOT MUHIM MASALAGA QARATILDI

NAVBATDAGI MASHGʻULOT MUHIM MASALAGA QARATILDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Samarqand viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish markazida oʻquv mashgʻulotlarini davom ettirmoqda.

Samarqand shahrining oʻttizdan ortiq mahallasi raislari qatnashgan mashgʻulotning navbatdagisi diniy-ekstremistik gʻoyalar taʼsiridan saqlanish choralariga bagʻishlandi. Oʻquvda, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida jahon miqyosida dinlararo bagʻrikenglik va hamjihatlik gʻoyalarini keng targʻib etish maqsadida Oʻzbekistonda UNЕSСO shafeʼligida Dinlararo muloqot va bagʻrikenglik xalqaro markazini tashkil etish hamda 2024 yilda Oʻzbekistonda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish yuzasidan ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyati ham keng tushuntirildi.

Interfaol usullar asosida oʻtkazilgan mashgʻulot savol-javoblar bilan davom etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga safari “OCIS News” nashrida

Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Xalqaro …