Home / FOTO LAVHALAR / OʻQUV QIZGʻIN PALLAGA KIRDI

OʻQUV QIZGʻIN PALLAGA KIRDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyatidagi iqtidorli imom-xatiblar uchun oʻtkazilayotgan oʻquv jadvaliga binoan, navbatdagi uchrashuvda tinglovchilar oldida Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi, tarix fanlari doktori, professor Davronbek Maxsudov hamda Xalqaro islom akademiyasi katta oʻqituvchisi, psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Azamat Nazarov maʼruza qildi.

Bu safar asosiy eʼtibor yoshlar orasida din asosida radikallashuv va uning oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlarini oʻrganishga qaratildi. Yosh avlodning yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishiga sabab boʻladigan omillar, motivlar ilmiy, diniy va dunyoviy jihatdan tahlil qilindi. Maʼruzachilar turli darajadagi ehtimoliy ijtimoiy-huquqiy xatarning oldini olish boʻyicha muhim tavsiya va koʻrsatmalarini bayon qildi.

Mashgʻulot qizgʻin munozara va savol-javoblar bilan davom etdi.

Imom Buxoriy xalqaro-ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …