Samarqand viloyatining iqtidorli imom-xatiblari oʻquvining navbatdagi qismida tinglovchilarga Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Moturidiy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi olimlari maʼruza qildi.
“Dunyoviy davlatda dinning ijtimoiy munosabatlardagi oʻrni va ahamiyati”, “Ekstremistik va terrorchi tashkilotlarning internet va ijtimoiy tarmoqlardagi targʻibotining oʻziga xos xususiyatlari”, “Mazhabsizlik gʻoyalarining Markaziy Osiyo xalqlari birdamligiga tahdidi”, “Moturidiy taʼlimoti asoslari va unga bildirilgan taʼnalarga javoblar” mavzularida oʻtilgan darslar munozaralar bilan davom etdi.
Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilarning Imom Moturidiy va Imom Dorimiy maqbaralariga ilmiy safari tashkil etildi.
Oʻquvlar davom etmoqda.