Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari 22 avgust kuni “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni Pastdargʻom va Samarqand tumanlarida tashkil etdi.
Pastdargʻomdagi “Istiqbol”, “Havuzak”, “Shombuloq”, “Tinchlik”, “Katta Nayman”, “Temirxoʻja” va “Toʻqboy” MFYlarida oʻtkazilgan uchrashuvlarda maʼruzachilar tomonidan yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni axborot xurujlaridan asrab, turli yot gʻoyalar va tajovuzlardan himoya qilish, buyuk ajdodlarga munosib avlod boʻlish, milliyligimiz, yosh avlod ongiga milliy urf-odat va anʼanalarimizni singdirish kabi oldimizda turgan eng muhim vazifalar haqida soʻz bordi.
Samarqand tumanidagi “Boʻzi”, “Yangiariq”, “Yangijoy”, “Oʻzbekkenti”, “Joʻyi Abbos”, “Shirinobod” va “Joʻyisoy” MFYlaridagi tadbirlarda bugungi kunda yurtimizdagi tinchlik va farovon hayotning qadriga yetish, yurtimiz ravnaqi va taraqqiyoti uchun daxldorlik hissi bilan yashash lozimligi haqida soʻz yuritildi.
Viloyat boʻylab targʻibot tadbirlari davom etmoqda.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati