Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligida Samarqand garnizoniga qarashli harbiy qism va muassasalardagi xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun “Shukronalik” uchrashuvi tashkil etildi.
Unda soʻzga chiqqanlar yurtga sadoqat, fidoyilik tuygʻusi vatanparvarlikning oliy nishonasi ekani, maʼnaviyatga qarshi qaratilgan jaholat gʻaflatga, loqaydlik esa tanazzulga duchor etishi haqida fikr yuritib, farzand tarbiyasida milliy oʻzlik va umuman hayotni chuqur anglaydigan, dunyoqarashi keng, mustaqil fikrlaydigan va turli koʻrinishdagi maʼnaviy tahdidlarga qarshi tura oladigan avlodni voyaga yetkazishga asosiy eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga “Tinchlik qadri” nomli hujjatli film namoyish etildi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati