AVVALGI DINLARDAGI GʻULUV
Dinda chuqur ketish musulmonlar orasida turlicha boʻlganidek, avvalgi dinlarda ham turlicha boʻlgan va Qurʼoni karimda oʻtgan ummatlarni dinda chuqur ketib, amallarni bajarishda mubolagʻa qilishi taʼqiqlangani ochiq-oydin bayon qilingan.
﴿ قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَا تَغْلُوا فِي دِينِكُمْ غَيْرَ الْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعُوا أَهْوَاءَ قَوْمٍ قَدْ ضَلُّوا مِنْ قَبْلُ وَأَضَلُّوا كَثِيرًا وَضَلُّوا عَنْ سَوَاءِ السَّبِيلِ﴾
“Ayting: “Ey ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmangiz va oldindan adashgan va koʻplarni adashtirgan hamda toʻgʻri yoʻldan chalgʻiganlarning havoyi nafslariga ergashmangiz!””[1].
Darhaqiqat, avvalgi dindagilar oʻzlariga yuborilgan paygʻambarlarni va oralaridagi solih kishilarni ilohlik darajasiga chiqarish bilan haddidan oshdi.
﴿وَقَالَتِ الْيَهُودُ عُزَيْرٌ ابْنُ اللَّهِ وَقَالَتِ النَّصَارَى الْمَسِيحُ ابْنُ اللَّهِ ذَلِكَ قَوْلُهُمْ بِأَفْوَاهِهِمْ يُضَاهِئُونَ قَوْلَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ قَبْلُ قَاتَلَهُمُ اللَّهُ أَنَّى يُؤْفَكُونَ اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ وَالْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ وَمَا أُمِرُوا إِلَّا لِيَعْبُدُوا إِلَهًا وَاحِدًا لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ سُبْحَانَهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ﴾
“Yahudiylar: “Uzayr – Allohning oʻgʻli”, dedilar, nasroniylar: “(Iso) Masih – Allohning oʻgʻli”, dedilar. Bu ularning ogʻizlaridagi (botil) gaplaridir. (Bu gaplari) xuddi avvalgi kofir boʻlganlarning gapiga oʻxshaydi. Alloh ursin ularni! (Ular) qayoqqa ogʻib ketmoqdalar?!
(Ular) Allohni qoʻyib, oʻzlarining donishmandlari va rohiblarini hamda Masih ibn Maryamni rabb (iloh) qilib oldilar. Vaholanki, Yolgʻiz Allohgagina ibodat qilishga buyurilgan edilar. Undan oʻzga iloh yoʻq! (Ularning) keltirgan shirklaridan U pokdir”[2].
Ularning ayrimlari soʻzlarni asl maʼnosidan boshqa maʼnoga burib haddidan oshdi. Alloh taolo kalomi sharifida bu haqda koʻp oʻrinlarda aniq bayon qilgan.
﴿أَفَتَطْمَعُونَ أَنْ يُؤْمِنُوا لَكُمْ وَقَدْ كَانَ فَرِيقٌ مِنْهُمْ يَسْمَعُونَ كَلَامَ اللَّهِ ثُمَّ يُحَرِّفُونَهُ مِنْ بَعْدِ مَا عَقَلُوهُ وَهُمْ يَعْلَمُونَ﴾
“Ular (Isroil avlodi)ning sizlarga ishonishidan umid qilayapsizmi (ey musulmonlar)?! Vaholanki, ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshitib, anglab olganlaridan soʻng, bila turib, uni oʻzgartirar edilar-ku!”[3].
Ahli kitoblar eʼtiqod va ilmda haddidan oshib chuqur ketganidek, ularning ayrim toifalari farz qilingan amallar bilan kifoyalanmay, zimmalariga toqatlaridan ortiqcha amallarni bajarishni farz qilib olib yanada haddidan oshdilar.
﴿ ثُمَّ قَفَّيْنَا عَلَى آَثَارِهِمْ بِرُسُلِنَا وَقَفَّيْنَا بِعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ وَآَتَيْنَاهُ الْإِنْجِيلَ وَجَعَلْنَا فِي قُلُوبِ الَّذِينَ اتَّبَعُوهُ رَأْفَةً وَرَحْمَةً وَرَهْبَانِيَّةً ابْتَدَعُوهَا مَا كَتَبْنَاهَا عَلَيْهِمْ إِلَّا ابْتِغَاءَ رِضْوَانِ اللَّهِ فَمَا رَعَوْهَا حَقَّ رِعَايَتِهَا فَآَتَيْنَا الَّذِينَ آَمَنُوا مِنْهُمْ أَجْرَهُمْ وَكَثِيرٌ مِنْهُمْ فَاسِقُونَ﴾
“Soʻngra ularning izlaridan ketma-ket paygʻambarlarimizni yubordik va Iso ibn Maryamni ham (ularning) ortidan yubordik va unga Injil (kitobini) ato etdik hamda unga ergashgan kishilarning dillarida mehribonlik va shafqat (paydo) qildik. Rohiblikni esa ular oʻzlari chiqarib oldilar. Biz ularga uni (rohiblikni) yozganimiz (farz qilganimiz) yoʻq, lekin ular oʻzlari Allohning rizoligini istab (rohiblik) qildilar-u, soʻngra unga toʻla rioya qila olmadilar. Bas, ulardan imon keltirganlariga mukofotlarni ato etdik. (Ammo) ularning orasida aksariyati fosiq (kofir)dirlar”[4].
عن أنس بن مالك لله كان رسول الله ﷺ يقولُ:
“لَا تُشَدَّدُوا عَلَى أَنْفُسِكُمْ فَيُشَدَّدَ عَلَيْكُمْ، فَإِنَّ قَوْمًا شَدَّدُوا عَلَى أَنْفُسِهِمْ فَشَدَّدَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ، فَتِلْكَ بَقَايَاهُمْ فِي الصَّوَامِعِ وَالدِّيَارِ ﴿وَرَهْبَانِيَّةً ابْتَدَعُوهَا مَا كَتَبْنَاهَا عَلَيْهِمْ﴾”.
Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu soʻzni koʻp aytar edilar: “Dinni (turli amallarni bajarishni zimmangizga farz qilib olib) oʻzlaringizga oʻzlaringiz ogʻir qilib olmanglar, u sizga ogʻirlik qiladi. Chunki bir qavm oʻzlariga dinni ogʻir qilib olgan edi, Alloh taolo ham ularga dinni ogʻir qilib qoʻydi. Savomiʼ (cherkov va sinagog) va (ayrim) diyorlardagilar oʻshalarning qoldiqlaridir. “Rahboniylik (rohiblik, tarki dunyo qilish) – biz ularga farz qilmagan narsalarni oʻylab topdilar”[5].
Bani Isroilning haddidan oshganlari ularga farz qilinmagan amallarni ham farz qilinishini paygʻambarlaridan soʻrab oldilar.
Shuningdek, ularning ayrimlari paygʻambariga nisbatan juda qattiq odobsizlik qilishgacha bordilar. Ibn Abbos roziyallohu anhu Muso alayhissalom Bani Isroildan bir sigirni qurbonlik qilishni soʻragan vaqtlaridagi holatini taʼriflar ekan, dedilar: “Agar ular eng koʻrimsiz, qiymati past sigirni olib soʻysalar ham kifoya qilar edi. Lekin ular sigirni qanday boʻlsin, qaysi rangda boʻlsin, deb chuqur ketib haddidan oshdilar, Alloh ham ularga bu ishni bajarishni ogʻir qilib qoʻydi.
ISLOMDA GʻULUVNING NAMOYON BOʻLISHI
Gʻuluvning kelib chiqish sabablari, tarixi, haqiqati, maʼnolari haqida soʻz yuritib, bu yoʻlning oqibatlari, tafsilotlari va tahlillari bilan yoritishga harakat qilamiz.
Gʻuluvning jamiyatga tahdidli koʻrinishlaridan baʼzilari Islom ulamolariga va keng jamoatchilikka nafrat bilan qarashlari, ashʼariylar, moturidiylar, shialar, soʻfiylar va ular bilan aloqador boʻlganlarni hech bir dalilsiz kufr, shirk va zalolat bilan ayblab, dindan chiqqanlikka hukm qilishlari shular jumlasidandir.
Hofiz Ibn Hajarning “Fathul Boriy sharhi “Sahihul Buxoriy” nomli asarida bunday deydi: Biz ularni malomat qilishdan yoki ayblashdan oldin sababini bilishimiz kerak. Agar sabablar maʼlum boʻlsa, bizni taajjubga solib turgan narsalar ham yoʻqoladi.
Shuningdek, biz uchun eng muhim sanalgan ishlardan biri, bu yoʻlga kirib qolganlarni kufr bilan ayblashga shoshilmaslik, gʻuluv va buzgʻunchilikning yer yuzidagi terror va fasodlarning oqibatiga eʼtibor qaratishdir. Gʻuluv ortidan paydo boʻladigan terrorizm tufayli koʻplab insonlar halok boʻlganligini, uning din va jamiyatga yetkazgan zararlarini aniqlab koʻrsatib berishdir.
Terror orqali amalga oshirilgan ishlarga kelsak, vayronagarchilik va takfirdan iborat boʻlib, shariat nuqtai nazaridan terrorning hukmi aniq, hatto bir qancha ilmiy kitoblar ham yozilgan. Afsuski, gʻuluvning yana bir tahdidlaridan biri, oʻzlarini islom jihodchilari deya nomlagan terrorga aloqador bir guruh kimsalar islom madaniyatining ilmiy merosi boʻlgan asarlarni ham yoqib yuborgani isbotlangan. Ibn Hajarning “Fathul Boriy sharhi “Sahihul Buxoriy” asari shular jumlasidandir. Butun dunyo islom ulamolari tomonidan haq deb eʼtirof etilgan ahli sunna val jamoa yoʻnalishidagi aqidaviy mazhablar moturidiylik va ashʼariylik, fiqhiy mazhablar hanafiy, shofeiy, molikiy va hanbaliy mazhablarini kufr bilan ayblaydigan kimsalarning zohir boʻlishi ham aynan gʻuluv natijasida kelib chiqqandir. Holbuki Amr ibn Osdan rivoyat qilingan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam mazhab mujtahidlari haqida:
عن عمرو بن العاص : أنه سمع رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: “إذا حكم الحاكم فاجتهد ثم أصاب فله أجران، وإذا حكم فاجتهد ثم أخطأ فله أجر”.
“Agar hokim (fatvo ishlarida hukm chiqaruvchi kishi) din ishlarida ijtihod qilib masalaning yechimini toʻgʻri topsa, unga ikki ajr beriladi. Agar bir ishda hukm chiqarsa-yu xato qilsa, unga bir ajr beriladi”, deganlar[6].
Gʻuluv sababli islom ulamolarini kufrda ayblaydigan uzoq va yaqin tarixdagi firqalardan xavorijlar, rofiziylar, qadariylar, alaviylar, ahmadiylar, hizbut tahrir, salfiylar, ISHID, barlaviylar, maʼrifatchilar kabi bir qancha oqimlarni misol qilib keltirish mumkin. Tarixda islom ulamolari va mazhab peshvolarini kufrda ayblaydigan bunday adashgan kimsalarga taʼzir berilib, tavba qildirilgan. Ularning laʼnati esa oʻzlariga qaytuvchidir. Chunki, ulamolar bu ummatning quvvati va yoʻl boshlovchi mayoqlaridir. Kim bu mayoqlardan voz kechsa, hidoyatni topolmay zalolatda qolishi aniq.
Risolada aytilgan har bir fikr, taʼlimot tanqid va tuzatishdan xoli emasligini tan olgan holda aytadigan soʻzimiz: Maʼsumlik (xatolardan saqlanish, bexatolik) sifati faqat Allohning kitobi uchun tegishli boʻlib, uning na oldidan va na ortidan botil sodir boʻlmaydi. Shuningdek, maʼsumlik faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xos boʻlib, u zotning aytganlari havoyi nafsdan emas, aksincha u vahiydan boshqa narsa emasdir.
Alloh taolo bu haqda shunday marhamat qiladi:
﴿وَٱلنَّجۡمِ إِذَا هَوَىٰ﴾ ﴿مَا ضَلَّ صَاحِبُكُمۡ وَمَا غَوَىٰ﴾
﴿وَمَا يَنطِقُ عَنِ ٱلۡهَوَىٰٓ﴾ إِنۡ هُوَ إِلَّا وَحۡيٌ يُوحَىٰ﴾
“Botib ketayotgan yulduz bilan qasamyod etamanki”, “sizlarning sohibingiz (Muhammad) zalolatga ketgani ham yoʻq, yoʻldan ozgani ham yoʻq!” “U xomxayoldan olib soʻzlayotgani ham yoʻq!” “U (Qurʼon) faqat (Alloh tomonidan) nozil qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir”[7].
Molik ibn Anas bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ravzai muboraklariga ishora qilib quyidagi soʻzlarni aytgan edi:
عن مالك بن أنسٍ رحمه الله تعالى: “كُلُّ أَحَدٍ يُؤْخَذُ مِنْهُ وَيُرَدُّ عَلَيْهِ إِلاَّ صَاحِبُ هَذَا القَبْرِ” يعني النبيَّ صلى الله عليه وسلم
“Mana bu qabr egasi (Nabiy sollallohu alayhi vasallam)dan boshqa bizlarning har birimiz gunohlarimiz bilan Allohga qaytarilamiz[8].
Uning bu soʻzlari eng toʻgʻri va foydali koʻrsatma edi, mana shu adolatli oʻlchovdir.
(Davomi bor)