Home / MAQOLALAR / EY RASULULLOH, SIZNING KITOBINGIZ QAYSI?

EY RASULULLOH, SIZNING KITOBINGIZ QAYSI?

Muhammad ibn Yaʼqub ibn Axram aytganlar: “Sheriklarimning: “Buxoriy Naysoburga kelganlarida, u kishini xachir va eshak mingan hamda piyodalardan boshqa toʻrt ming otliq kutib olgan”, – deganlarini eshitdim”.   

   Abdulloh ibn Hammod Omuliy: “Koshki men Buxoriyning koʻksilaridagi  bir tuk boʻlsam edi”, – deb aytganlar.

   Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: “Hoshid ibn Ismoil va yana bir kishining: “Basralik maʼrifat ahli yoshgina Buxoriyning ortlaridan hadis yozib olmoqlik uchun chopishardi. Hatto iltimos qilib hol-jonlariga qoʻyishmasdi. Minglab odamlar u kishini yoʻllarda oʻtirgʻizib, u kishi rivoyat qilgan hadislarni yozib olishardi. Oʻshanda Muhammad yuzlariga hali tuk chiqmagan yosh yigit edilar”, – deganlarini eshitdim”.

   Abu Sahl Muhammad ibn Ahmad Marvaziydan, u kishi faqih Abu Zayd Marvaziydan eshitganlar: “Men Kaʼba yaqinida rukn va maqom orasida uxlab yotgan edim. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni tushimda koʻrdim. Menga: “Ey Abu Zayd, qachongacha Shofeʼiyning kitoblarini oʻqiysiz-u, mening kitobimni oʻqimaysiz?” – dedilar. Men: “Ey Rasululloh, sizning kitobingiz qaysi?” – deganimda, “Muhammad ibn Ismoilning “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobi”, – deb aytdilar”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

SADAQA (ehson) ning eng noyob 80 ta TURI

«Kimki bir hasana (savobli ish) qilsa, unga oʻn barobar koʻpaytirib yozilur. Kimki bir yomon (gunoh ish) qilsa, faqat …