Home / MAQOLALAR / ALLOH TAOLO SIZNI BU UMMATNING KOʻRKI QILSIN!

ALLOH TAOLO SIZNI BU UMMATNING KOʻRKI QILSIN!

Abu Bakr Muhammad ibn Isʼhoq ibn Xuzayma: “Osmon gumbazi ostida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hadislarini Buxoriydek biladigan va yod olgan kishi yoʻq”.

   Hokim aytganlar: “Hofiz Muhammad ibn Yaʼqubdan eshitdim. U kishi otalarining: “Muslim ibn Hajjojning Buxoriy oldida yosh bola kabi oʻtirib savol berayotganlarini koʻrganman”, – deganlarini eshitganlar”.

   Hokim aytganlar: “Hasan ibn Ahmad Shayboniy Muaddaldan eshitdim. U kishi Ahmad ibn Hamdunning: “Muhammad ibn Ismoilni Saʼid ibn Marvonning janozalarida koʻrdim. Muhammad ibn Yahyo Zuhliy Imom Buxoriydan roviylarning ismlari, kunyalari va hadis illatlari toʻgʻrisida soʻrar edilar. Buxoriy unga oʻsha zahoti, “Qul huvallohu ahad”ni oʻqigandek javob berardilar”, – deganlarini eshitganlar”.

   Muhammad ibn Hamdun ibn Rustam aytganlar: “Men Muslim ibn Hajjojdan eshitdim. U kishi Buxoriyning huzurlariga kelib: “Ustozlar ustozi, muhaddislar sayyidi, hadis illatlarining tabibi, ijozat bersangiz, oyoqlaringizdan oʻpsam”, – deganlar”.

   Abu Iso Termiziy aytganlar: “Iroqda va Xurosonda Muhammad ibn Ismoildan koʻra hadis illatlarini, tarixini, sanadlar ilmini chuqur  biladiganini topmadim”.

   Abu Iso Termiziy aytganlar: “Muhammad ibn Ismoil Abdulloh ibn Munirning huzurlarida edilar. Ketayotganlarida Abdulloh ibn Munir u kishiga: “Ey Abu Abdulloh, Alloh taolo sizni bu ummatning koʻrki qilsin”, – dedilar. Ustozning shu duolari qabul boʻldi”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

OʻZINGIZNI QATʼIYATLI BOʻLISHGA TAYYORLANG!

(Bir hadis sharhi) Dinimiz inson shaxsiyatini shakllantirishda aqlga tayanish, odamlarga koʻr-koʻrona taqlid qilmaslik, har bir …