Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZNING RASMIY HAMKORLARI SONI ORTMOQDA

MARKAZNING RASMIY HAMKORLARI SONI ORTMOQDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Turkiyadagi Dijle universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi imzolandi.

Markaz direktori, tarix fanlari doktori Shovosil Ziyodov va universitet rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Mehmet Karokoch imzolagan ushbu hujjat ikki ilmiy muassasa oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini oʻzida mujassam etgan.

Oʻzaro ilmiy va amaliy aloqalarni yoʻlga qoʻyish tashabbusi oʻtgan yil mart oyida universitet rahbari Markazga kelgan vaqtda bildirilgan va mazkur taʼlim dargohi mutasaddilarining Markazga joriy yil may oyidagi tashrifi chogʻida hamkorlik hujjati loyihasi yuzasidan kelishuvlarga erishilgan edi.

Hamkorlik memorandumi ajdodlarimizning nafaqat islom sivilizatsiyasidagi oʻrni, balki dunyoviy ilmlarga ham oid merosini oʻrganish yuzasidan ham oʻzaro yaqin aloqa oʻrnatish bilan bogʻliq yoʻnalishlarni qamrab olgan.

Yaqin istiqbolda memorandum doirasidagi amaliy tadbirlarni boshlash nazarda tutilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …