Home / MAQOLALAR / MUHAMMAD IBN ISMOIL BILMAYDIGAN HADIS HADIS EMAS…

MUHAMMAD IBN ISMOIL BILMAYDIGAN HADIS HADIS EMAS…

Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: “Imom Buxoriyning: “Amr ibn Ali Fallosning shogirdlari men bilan bir hadis ustida tortishdilar. Men: “Unaqa hadisni bilmayman”, – dedim. Ular: “Buxoriyning ham bilmaydigan hadislari bor ekan-da”, – deb xursand boʻlib, Amrning oldiga borib bu haqda xabar berganlarida, u kishi: “Muhammad ibn Ismoil bilmaydigan hadis hadis emas”, – debdilar”, – deganlarini eshitdim”.

   Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: “Hoshid ibn Abdullohga Abu Musʼab Zuhriy aytganlar: “Bizning nazdimizda Ahmad ibn Hanbaldan koʻra Muhammad ibn Ismoil faqihroq va hadisda bilimdonroqdir”. Shunda u kishiga: “Haddan oshirib yubordingiz”, – deyildi.  Abu Musʼab bu gapni aytgan kishiga qarab: “Agar sen imom Molikni koʻrganingda, uning va Buxoriyning yuzlariga qarab, ikkovlari fiqh va hadisda teng degan boʻlarding”, – deb javob berdilar”.

   Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: “Hoshid ibn Ismoildan eshitdim. U kishi Isʼhoq ibn Rohavayhning: “Buxoriyning hadislarini yozinglar. Agar Hasan Basriy zamonlarida shu yigit boʻlganlarida ham, odamlar Buxoriyning hadis va fiqhiy ilmiga muhtoj boʻlishardi”, – deganlarini eshitganlar”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

SADAQA (ehson) ning eng noyob 80 ta TURI

«Kimki bir hasana (savobli ish) qilsa, unga oʻn barobar koʻpaytirib yozilur. Kimki bir yomon (gunoh ish) qilsa, faqat …