Abu Jaʼfar aytganlar: “Yahyo ibn Jaʼfar Paykandiy Muhammad ibn Ismoilga: “Agar siz boʻlmaganingizda, Buxoroda yashashimning maʼnosi qolmas edi”, – deganlar”.
Umar ibn Hafs Ashqar aytganlar: “Abdonning Muhammad ibn Ismoilni qoʻllari bilan koʻrsatib: “Koʻzim bilan mana shu yigitdan koʻra donoroqni koʻrmadim”, – deganlarini eshitdim”.
Solih ibn Mismor Marvaziy aytganlar: “Nuʼaym ibn Hammodning: “Muhammad ibn Ismoil bu ummatning faqihidirlar”, – deganlarini eshitdim”.
Ibrohim ibn Xolid Marvaziy aytganlar: “Musaddad: “Ey Xuroson ahli, boshqa birovni Muhammad ibn Ismoildan ustun qoʻymanglar”, – der edilar”.