Home / MAQOLALAR / OʻZIM BILAN RABBIM ORASIDAGI HUJJAT QILDIM…

OʻZIM BILAN RABBIM ORASIDAGI HUJJAT QILDIM…

Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: “Buxoriyning quyidagi soʻzlarini eshitdim: “Bagʻdodga sakkiz marta bordim. Har borganimda Ahmad ibn Hanbal bilan oʻtirar edim. Oxirgi marta u kishi bilan xayrlashayotganimda: “Ey Abu Abdulloh, ilm va olimlarni tashlab Xurosonga ketasizmi?!” – dedilar. Hozir ham u kishining aytgan soʻzlari yodimda”.

   Muhammad ibn Yusuf Buxoriy xabar berganlar: “Bir kecha Muhammad ibn Ismoilning uylarida qoldim. U kishining oʻsha kecha 18 marta turib chiroqni yoqib yodlariga tushgan narsalarni yozib qoʻyganlarini hisobladim”.

   Muhammad ibn Abu Hotim Varroq aytganlar: “Abu Abdulloh bilan safarga chiqadigan boʻlsak, faqat qattiq sovuqdagina bir uyda yotar edik. U kishining bir kechada 15-20 marta uygʻonib, chaqmoqtosh olib chiroq yoqqanlarini, soʻngra hadislarni taxrij qilib belgilaganlarini koʻrar edim”.   

   Ibn Adiyning aytishlaricha, Abdulquddus ibn Hammom koʻp shayxlarning: “Imom Buxoriy “Al-Jomeʼ”dagi tarjimalarini (har bir bobga qoʻyilgan sarlavha) Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning  qabrlari va minbarlari orasida turgan holatda yozdilar. Har bir bobni yozish oldidan ikki rakaat namoz oʻqir edilar”, – deganlarini eshitganlar”.

   Buxoriy aytganlar: “Men: “As-Sahih”ni oʻn olti yil davomida yozdim. Uni oʻzim bilan Rabbim orasidagi hujjat qildim”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

OʻZINGIZNI QATʼIYATLI BOʻLISHGA TAYYORLANG!

(Bir hadis sharhi) Dinimiz inson shaxsiyatini shakllantirishda aqlga tayanish, odamlarga koʻr-koʻrona taqlid qilmaslik, har bir …