Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi axborot xizmati rahbari Sherzod Mamatov maʼlum qildi:
Hisobot davrida Imom Buxoriyning “Jomiʼ as-sahih” asariga oid xorijiy davlatlar qoʻlyozma fondlarida saqlanayotgan 30 ta qoʻlyozma nusxasining elektron versiyasi yuklab olindi.
Shuningdek, Markaz fondida saqlanayotgan 75 ta qoʻlyozma asar annotatsiyasi tuzilib, ulardan 36 tasi markaz saytiga joylashtirildi.
Turkiya, Saudiya Arabistoni, Hindiston kutubxonalari fondida saqlanayotgan 260 ta qoʻlyozma asarning roʻyxati shakllantirildi.
Markaz qoʻlyozmalar fondidagi 10 ta kitob (23 ta asar, 1502 varaq)ning elektron nusxasi tayyorlandi.
Joriy yilning 4 oyi davomida qoʻlyozmalarni oʻrganish sohasida aholidan 5 ta qoʻlyozma va 4 ta toshbosma asar hadya sifatida qabul qilib olindi.