Home / FOTO LAVHALAR / Stipendiat Istanbulning oʻzbek shayxi hayotini oʻrganyapti

Stipendiat Istanbulning oʻzbek shayxi hayotini oʻrganyapti

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturining joriy yildagi ilk gʻolibi Dr. Derya Idikurt oʻz ilmiy izlanishlari taqdimotini oʻtkazdi.

Markaz ilmiy xodimlari uchun tashkil etilgan tadbirda turkiyalik tadqiqotchi “Istanbuldagi buxorolik olim Shayx Sulaymon Afandi” mavzusidagi ilmiy ishining mazmun-mohiyati va maqsadlari bilan oʻrtoqlashdi.

1821 yilda tugʻilgan atoqli tilshunos, diplomat va shoir Xoji Shayx Sulaymon Afandi Oʻzbakiy Buxoriy 23 yoshida Buxorodan ziyorat uchun yoʻlga chiqadi va oradan 22 yil oʻtib Istanbuldagi Oʻzbeklar lojasining shayxiga aylanadi. Bu haqda tarixchi Shahobiddin Marjoniy oʻzining “Rihlatul Marjoniy” asarida batafsil maʼlumot berib, Shayxni “Lugʻati chigʻatoy va turki usmoniy” kitobining muallifi sifatida keltiradi.

U kitob asosida vengriyalik olim I.Kunosh 1902 yilda ilk bor oʻzbekcha-turkcha-nemischa lugʻat tuzgan va Budapeshtda chop ettirgan. Lugʻat hanuz ilmiy-amaliy ahamiyatini yoʻqotmagan.

Taʼkidlash lozimki, Shayx Sulaymon usmoniylarning ikkita: III darajali “Majidiya” va IV darajali “Usmoniya” ordenlari bilan taqdirlangan yagona vatandoshimizdir.

Stipendiat ilmiy ishining hozirgi bosqichi, amaliyot davomidagi rejalari va yurtimiz boʻylab koʻzda tutayotgan safarlari xususida maʼlumot berdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …