Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “XXI ASR: FALSAFA VA FIZIKANING KUTILAYOTGAN UYGʻONISHI (RЕNЕSSANSI)” mavzuida xalqaro ilmiy seminar oʻtkazilmoqda.
Unda mamlakatimiz va Germaniya hamda Qirgʻiziston davlatlari olimlarining maʼruzalari tinglanadi.
Xalqaro ilmiy seminarda mavzuning atroflicha yoritilishi bilan birga jahon til muammosini hal qilish konsepsiyasi hamda Qurʼoni karimni oʻrganishning innovatsion (patentlangan) usuli muhokama etilishi koʻzda tutilgan.
Seminar joriy yilning 3 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 10.00 da boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkor tashkilotlar, yurtimiz hamda xorijdagi ilmiy doiralar vakillari, tadqiqotchilar, jamoat va din arboblarini onlayn/oflayn tarzda oʻtadigan seminar ishiga taklif etadi.
Seminarda onlayn tarzda quyidagi ZOOM videokonferensiya platformasi orqali ishtirok etish mumkin.
https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09
Seminar identifikatori: 525 843 6902
Parol: 12345