Home / ALLOMALAR / QOSIM IBN HUSAYN

QOSIM IBN HUSAYN

U Abu Muhammad Qosim ibn Husayn ibn Ahmad Al-Xorazmiy, Majdiddin Sodrulafozil deb laqab olgan.

Qosim ibn Husayn hijriy 555-yil Xorazm mintaqasida tavallud topgan, uning yoshlik chogʻlari haqida biror maʼlumotni bilmaymiz, lekin, bilganimiz u kishi Fiqhni Abul Fath Nosir ibn Abdussayyid al-Matraziydan oʻrgangan, arab tilini ham shu kishidan olgan. Abdulhay Laknaviyning soʻziga koʻra Matraziy nahv, lugʻat, sheʼr va turli adab fanlaridan toʻliq xabardor boʻlgan.

Qosim ibn Husayn oʻz ilmini asrining eng yetuk ulamolaridan tahsil olgan, hatto arab tiliga olim, Hanafiy faqihlaridan biriga aylandi. Suyutiyning soʻzlariga qaraganda Qosim sunniy faqih boʻlgan.

Faqih shoir Qosim ibn Husayn ilm talabida Buxoroga safar qilgan. Saolibiyning aytishicha oʻsha vaqtda Buxoro ulugʻvor yer, zamonning eng zoʻrlari toʻplanadigan joyer yuzining adiblari yulduzdek porlaydigan yurt yoki zamonning fazilatlilari toʻplanadigan maskan edi.

Qosim ibn Husayn Xorazm mintaqasida ilmiy-amaliy yuksalishi va mana shu gullab-yashnagan yoshligini oʻtkazgan. Ilm-maʼrifatni ayni shu yurtda olgan, bu bilan kifoyalanmay Buxoroga ilmga boʻlgan chanqogʻini qondirish hamda ulamolariyu adiblaridan foyda olish uchun safar qilgan.

Qosim ibn Husayn sheʼr va nasriy bayonlar yozishga yoʻnaldi, doimiy shugʻullanganidan oʻz zamonining yorqin adibi va mashhur shoiriga aylandi. Bu esa, u haqidagi xabarlarda bizgacha yetib kelgan.

Yoqut Hamaviy u haqida shunday deydi: arabiy ilmda zamonining yagonasi, oʻtkir xotira sohibi, tabiiy qobiliyat egasi, tabiatan yaxshi, adab ilmida mohir, nasr va sheʼrda yuksak edi. U zamonning gavhari va oʻz vaqtining eng yaxshisi edi.

Biz bu shoirning birorta devoni borligini bilmaymiz, balki, boʻlgandir-u, lekin, bosqinchilar Xorazmni vayron qilganida yoʻqolib ketgandi.

Hozirda uning sheʼrlaridan juda oz miqdori bizgacha saqlanib qolgan. Agar Yoqut Hamaviyning u haqidagi tarjimasi boʻlmaganida uning birorta ham zikr etiladigan sheʼri qolmasdi. Garchi sheʼrlari oz boʻlishiga qaramasdan sheʼriyatda naqadar ulkan martabaga yetganiga bizga kifoya qiladi.

Uning sheʼridan ushbu misolda oʻrganishimiz bizga sheʼrlari madh, faxr va gʻazal atrofida aylanganini koʻrsatadi. Bu esa, mashhur arab shoirlarining va barcha shoirlar nazdida keng tarqalgan maqsadlardandir.

Shu kabi uning ozgina qolgan sheʼridagi sifatlar uni gʻoliban aniq badaviy ekanida dalolat qiladi. Bilmadim, bu taassurot qayerdan keldi. Chunki, u haqida tarjimai hol yozganlar sahrolarda safar qilganiga ishora qilmaganlar yoki Imom Zamaxshariydek nasli toza arablar bilan birga yashagan degan gap aytmaganlar. Shunga binoan gohida uning sheʼridagi  bu sifat mohir kishilar bilan koʻp muhokama qilgani, ularga taqlid qilgani, avvalgi oʻtgan shoirlarning sheʼrlarini oʻqishining va chuqur oʻrganganining natijasi deyishimiz mumkin. Yoʻqsa, uning qasidalaridagi bu lugʻatlarning keltirilishining sababi nima?!

Qosim ibn Husaynning sheʼridagi bu badovat Yoqut Hamaviy hijriy 616- yil Xorazm mintaqasiga ziyorat qilgan paytida u haqida hikoya qilgan xabarga borib taqaladi va shoirni uyida ziyorat qiladi hamda oʻzining qasidasini unga eshittiradi.

Men tarafimdan mana shu nafis, noziklikni his etyapsanmi

Uning ikki chakkasi tinch-u mening holim hayajonli,

Albatta, bu hayajonim ila himoyalangan kimsani nafaslarim shuʼlasi bilan yoritaman, agar tun zulmatlansa.

Tanbeh beruvchi menga rahm qilib aytadi, yoninga olov yoqdingmi yoki ichida yarqirash bormi?,

Mendan shafqat bilan yaxshilik keladi, uning ikki tarafida goʻzallik bor agar yursa.

Albatta, sirimni berkitdim, shunga qaramay baribir u tarqalib ketdi.

Xuddi sharqning sodri saxiyligini berkitadi, lekin, manglayining xursandchiligi u ila va u bilan bezanadi.

Shu bilan ushbu soʻzni ayta olamizki, albatta, shoir oʻzining faxrlanish, maqtanish va gʻazali mavzularida taqlidiy uslubga moyil boʻlgan. Barcha koʻrinishlarida ham taqlidiy uslubni qoʻllagan. Uning sheʼrlarini oʻqiganimizda oʻziga xos uslubda ekani va shaxsiyyati namoyon boʻladi. U har zamon mubolagʻa, ahli va bobolari bilan faxrlanish yoki oilasining saxiyligi haqida gapirishga va inʼom berishdagi saxiyliklarini gapirishga moyil boʻladi. Unga qaraymiz, shunday deyapti:

Mening bobolarimning insofli va adolatli ekaniga insonlarning barchasi ittifoq qilgani ila menga ruxsat boʻldi.

Albatta, men jamoadagi har bir kishi uchun, ularning yashashlaridan maqsad boʻlsa, ammo, ularning inʼomlari isrof iladir.
Qavmning maqtovga sazovor ishlari tunni ham yorishtirar,
Qorongʻuda oyning tutilib, toʻsilganini koʻrasiz.
Podishohning davlati goʻzal, koʻrkamdir,
Albatta, qayerni qasd etsam ham meni oʻrab turar.

 

Goho u gʻazal aytadi, koʻramizki habibiga aytayotgan gʻazali juda muloyim, yengil ekanini, biroz avval guvohi boʻlganimiz kabi.

Oʻzining habibasini xushbichimlik va goʻzallik ila sifatlaydi, uni xushboʻy oʻsimlik novdasiga oʻxshatadi.
Nozik niholni izlayman, yolgʻiz oʻtmaslik uchun,
Shunda menga kosada asal-u sharob uzatar.
Zaiflik menga yetar uning holidan boʻsa olishda,
Tishlari-yu nafaslarim shuʼlasi nur taratar.
Sochining bir tutami yanoqlariga tushmasa,
Siyohdonning siyohi soyada qolar.
Tun ham yorishmas toki,
Insonlar qalbida yashirgan sirlar bizga ochilmaguncha.

Bu nafis gʻazallar ortida, yaʼni goho sevgan va oshiq boʻlgan shaxsdan sodir boʻladigan gʻazal ortida boshqa zot turgan boʻladi. Balki, hakim nafs turadi, oʻzining shoir birodarlariga nasihat qilib aytadi:

Ey shoirlar jamoasi, nasihatga daʼvat etuvchilar,
Karamliylar nazdida saxiy koʻrinmanglar.
Zero, karamliylar saxiylik eshigini yopib, kalitlarini yoʻqotganlar.

Shoir Qosib ibn Husayn goʻzal xulqli, shirin zabon va ochiq chehrali kimsa edi. Yoqut uni vasf etib aytadi: Xorazmda uning uyiga bordim, unda koʻngillarni toʻldiradigan peshvolikni koʻrdin. Goʻzal xulq, ochiq chehra, shirin zabonligini koʻrdim. Qalbim va koʻksim toʻldi, uni sifatlashdan nazmlarim va nasrlarim ojiz qoldi.

Shoir va adiblar tarafidan oldin ham Qosim ibn Husayn maqtalgan. U haqida ayrim Xurosonlik fozillar shunday deydi:

Olamda bir barcha sifatlardan ulugʻ, goʻzal ziynat faxr bor,
Ilmda puxta, mislsiz yigit, koʻzlarim ham unday kimsani koʻrmagan hech.

Qosim ibn Husayn sheʼrga qiziqqanidan sheʼr aytar edi, shoirlikni kasb qilib olmagandi. Shu sabab uning madhi, xayoliy shaxslarga oʻzi yoʻq ammo nomi borlarga tegishli boʻlgan. Hatto, maqtalgan kimsa bor boʻlgan taqdirda ham, Qosim biror foyda talab etmagan.

Yoqut Hamaviy aytadi: Qosim ibn Husaynni ziyorat qilganimda u biror kishini maqtamaganiga qasam ichdi. Sheʼridagi madhlar esa, mavjud boʻlmagan kimsalarga tegishli. Qosim ibn Husayn aytadi:

Manglaying yaltirab zulmatlarni yoritar,
Karam nusxasini oʻqib tunaymiz.
Albatta, insonlar xulqlariga karamlilikni eksalar,
Bas urugʻ, tinimsiz yomgʻir sening saxiyligingdandir.
Yashil boshoqlardan dengiz tomchisidek koʻrinar,
Olov shuʼlasidek mavjlanib turar.
Sening huzurinda ajamlar shohi, yoqimli hidlar tuyar,
Har narsaning oliysida chang toʻzon bordir.
Ikrom ROʻZIQULOV,
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti mudarrisi
Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili
 va adabiyoti universiteti magistranti

Check Also

ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN OʻRNI

Abu Bakr Jassos (vaf. 370/981) qoldirgan ilmiy meros hanafiy mazhabida oʻziga xos ahamiyatga ega. Alloma …