Home / FOTO LAVHALAR / “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI EKOLOGIK VAZIYATNI YAXSHILASHGA XIZMAT QILADI

“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI EKOLOGIK VAZIYATNI YAXSHILASHGA XIZMAT QILADI

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2021 yil noyabrda “Yashil makon” umummilliy loyihasi eʼlon qilingan edi. Ushbu loyiha bir yillik tadbir emas, balki uning doirasida kelgusi besh yilda 1 milliard tup daraxt koʻchatini ekish maqsad qilingan. Joriy yilda 200 million tup daraxt koʻchati ekish rejalashtirilgan edi. Kuzda 85 million tup va bahor mavsumida 125 million tup daraxt koʻchatlari oʻtqazildi. Koʻplab tashkilotlar, mahallalar, umuman, keng jamoatchilik, bu ishda jonbozlik koʻrsatdi.

Milliy va zamonaviy meʼmorchilik yutuqlari asosida yangidan qad rostlagan binolarda faoliyat boshlagan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis oliy maktabi atrofidagi 6,5 ga maydon koʻkalamzorlashtirilib, bir yarim mingdan ortiq turli tuman manzarali daraxt va gul koʻchatlari oʻtqazilgan edi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mazkur hududda ham keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, qrim qaragʻayi, oq qayin va boshqa turdagi oʻnlab manzarali daraxtlar hamda viola, xrizantema kabi toʻrt mingdan ortiq noyob gul koʻchatlari yangidan oʻtqazildi. Bu oʻz navbatida mazkur yashil maydonning yanada koʻrkamlashuviga va atrof-muhit ekologiyasining yaxshilanishiga xizmat qilib, tashrif buyurgan mehmonlarning koʻngillariga katta zavq-shavq bagʻishlamoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …