Home / FOTO LAVHALAR / TURKIYADA “MUSNAD” TAQDIMOTLARI OʻTDI

TURKIYADA “MUSNAD” TAQDIMOTLARI OʻTDI

Ayni kunlarda Turkiyada boʻlib turgan Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev “Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur” mavzusida oʻtkazilayotgan xalqaro simpozium doirasida Bursa va Anqara shaharlarida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi olimlari tomonidan Abdulhamid Keshiyning Oʻzbekistonda ilk bor oʻzbek tiliga tarjima qilingan “Musnad” asari taqdimotlarini oʻtkazdi.

Taqdimot tadbirlarida ayni paytda Markazda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va tarjima ishlari haqida batafsil maʼlumot berilib, “Musnad”ning ilmiy-maʼnaviy qiymati va maʼrifiy ahamiyatiga eʼtibor qaratildi.

Savol-javoblar asosidagi munozaralarda asarning yaratilish tarixi, muallif Abd ibn Humayd Keshiy siyrati, uning islom ilmlari rivojiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, tarjima jarayonlari va unda eʼtibor qaratilgan jihatlar tilga olindi.

      

Tadbirlarda ishtirokchilar asarning islom ilmiy merosida tutgan yuksak oʻrnini eʼtirof etib, hadislar mohiyatini anglashga yana bir imkon yaratilganidan mamnuniyat bildirdi.

Imom Buxoriy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …