“Musnadi Keshiy” asarining muallifi Abd ibn Humayd Keshiydir. Alloma 786 yili Kesh (Shahrisabz)da tavallud topib, 863 yilda oʻsha yerda vafot etgan. U Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Dorimiy kabi buyuk muhaddislarga ustozlik qilgan.
Alloma “Toʻrt buyuk muhaddisning ustozi”, “Hofizul hadis” (“Hadislar bilimdoni”), “Sohibul musnadil kabir” (“Musnadul kabir” asari muallifi”), “Sohibut tafsiril kabir” (“Tafsirul kabir” asari muallifi”) nomlari va “Imom”, “Hofiz”, “Hujjat”, “Javvol” kabi yuksak martabalar bilan tanilgan.
Hofiz Ibn Hajar Asqaloniy taʼrifi bilan aytganda, Keshiyning “Musnadi” shu paytgacha yozilgan isnod (sanad)larning eng oliysidir.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Abd ibn Humayd Keshiyning uch jildik “Musnadi Keshiy” asari oʻzbek tiliga tarjima qilindi.