“Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashaylik” shiori ostida targʻibot tadbirlari davom etmoqda.
Qoʻshratbot tuman markazidagi 5-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida mazkur shior ostida targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda tuman sektor rahbarlari, taʼlim, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda ishtirokchilarga diniy ekstremizm hamda psixotrop moddalarning insonga salbiy taʼsiri haqida videofilm namoyish etildi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Toxir Evadullayev bugun mamlakatimizda yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. Jumladan, yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda ota-onalarning rolini oshirish, yoshlarning huquqiy madaniyati va huquqiy qarashlarini yuksaltirish, “jaholatga qarshi maʼrifat” kabi ulugʻvor gʻoyani shior qilib, yurt tinchligi va taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish xususida gapirdi.
Bu mavzudagi tadbirlar boshqa tumanlarda ham davom etadi.