YUSUF SHAVQIY – Marmara universiteti professori, “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining turk tiliga tarjimoni (Turkiya):
“Taʼvilot al-Qurʼon” asari kishini chuqur mushohada yuritishga undaydi. Bugungi kunda biz, yaʼni, islom ummati qoʻlimizda shunday bir kitob boʻla turib taqlid yoʻliga oʻtib ketdik. Bugun biz oʻzimizni isloh qilish uchun Imom Moturidiy asarlariga, jumladan, “Taʼvilot al-Qurʼon”ga juda muhtojmiz. Chunki, moturidiylik taʼlimotida ijtihod masalasi, insonning aqlga tayanishi, tafakkur yuritishi juda ham muhim hisoblanadi. Taqlid qilish, boshqalarga koʻr-koʻrona ergashish esa keskin qoralanadi. Tafakkur – millat kelajagining asosidir.
Abu Mansur Moturidiyning “TAʼVILOT AL-QURʼON” asari 30-juzi oʻzbek tilida nashrdan chiqdi.