Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Davlat gerbi – iftixor ramzi” deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Markaz direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Muhammadiyev hamda Markaz direktori Bosh maslahatchisi falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining nafaqat davlat ramzi, balki millat iftixori sifatidagi yuksak ahamiyatini alohida eʼtirof etdi.
Darhaqiqat, gerb – har bir davlatning ramzi, xalqning timsoli! Undagi har bir tasvir, rang, chiziq va belgi ulugʻlik, fidoyilik va oliyjanoblik nishonasi boʻlib, oʻzida tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat va yurtning farovonlik yoʻlidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.
Bu haqda Markaz ilmiy xodimi Bayozxon Mahmudov oʻz maʼruzasida batafsil toʻxtalib, mustaqilligimiz belgisi boʻlgan gerbimizni mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha shaxslar hurmat qilishlari zaruratini taʼkidladi. Chunki, gerb orqali xalqimiz oʻzi istagan va tanlagan yoʻl – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yoʻlida muqaddas timsolga ega boʻlish bilan birga mamlakatimiz mustaqilligi taʼminlandi.
Notiq maʼruzasining soʻnggida oʻzining Oʻzbekiston Davlat gerbini madh etuvchi “Davlat gerbi – iftixor ramzi” nomli sheʼrini oʻqib eshittirdi.
«Davlat gerbi — iftixor ramzi”
Tadbir bayramona ruh va koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.