Buxoro davlat universitetida “Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy merosi va uning ilk Sharq Renessansi va islom falsafasi ilmiy-nazariy asoslari yaratishdagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya ish boshladi.
Anʼanaviy hamda onlayn tarzda oʻtkazilgan konferensiya Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Turkiyaning Marmara universiteti, AQSHning Michigan universiteti, Misrning Al-Azhar universiteti, Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston pedagogika universiteti, Buxoro viloyati hokimligi, Buxoro davlat universiteti va yurtimiz hamda xorijdagi qator ilmiy muassasalar hamkorligida tashkil etildi.
Konferensiyaning yalpi majlisida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev “Maʼnaviy merosni oʻrganishda sinergetik metodologiyaning oʻrni” mavzusida maʼruza qildi.
Konferensiya ishida Markaz boʻlim boshligʻi Yoʻldoshxon Isayev, ilmiy xodimlar Otabek Baxriyev va Iroda Daurbekovalar ham mavzu yuzasidagi maqolalari bilan ishtirok etishdi.
Konferensiya ishtirokchilarining maʼruza matnlari va maqolalari toʻplam holatida nashr etilishi rejalashtirilgan.