Home / RASMIY MA'LUMOTLAR / 2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha(2022 yil 31 may holatiga)

2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha(2022 yil 31 may holatiga)

Rasmiy maʼlumot

2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha

M A ʼ L U M O T

2022 yil 31 may holatiga

  • Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini keng targʻib qilish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar asarlarining xalqchil tarjimasini amalga oshirish, ular asosida ilmiy va ommabop risolalar yaratish yoʻnalishida:

Hozirgi kunda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan shakllantirilgan tarjima qilinadigan asarlar roʻyxati asosida bosqisma-bosqich tarjima ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Abd ibn Humayd Keshiyning “Musnadi Keshiy” 1, 2-jildi, Alouddin Kosoniyning “Eʼtiqodi Kosoniy”, Abu Jaʼfar Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriyning “Shamoili Buxoriy” va Imom Buxoriyning “Tarixus sagʻir” asarlari  nashrga tayyorlandi.

“Musnadi Keshiy”ning 3-jildi, Imom Termiziyning “Eʼtiqodi ahlis sunna”, Abu Azabaning “Ravzatul bahiyya” asarlari hamda tarjima va tahrir ishlari nihoyasiga yetkazildi va Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga soha mutaxassislari xulosa va taqriz berishi uchun taqdim etildi.

Bundan tashqari tarjima va tahrir ishlari nihoyasiga yetkazilgan va yuqorida koʻrsatilgan idoralarga xulosa va taqriz uchun tadim etilgan “Sunani Dorimiydan saylanma hadislar” kitobiga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidan taqriz xati olindi.

Bugungi kunda Abu Lays Samarqandiyning “Bahrul ulum” va Sayid Abdulmajid Gʻavriyning “Hadis ilmi istilohlari” asarlari tarjimasi davom etmoqda.

  • Imom Buxoriy asarlarida tarannum qilingan yuksak odob-axloq, ilmga muhabbat, Vatanga sadoqat singari ezgu umuminsoniy qadriyatlarni keng targʻib qilish maqsadida “Imom Buxoriy asarlari misolida islom sanʼati koʻrgazmasi”ni tashkil etish yoʻnalishida:

Joriy yilning noyabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan mazkur koʻrgazmaga qizgʻin tayyorgarlik ishlari doirasida Tashqi ishlar vazirligiga koʻrgazmani oʻtkazish boʻyicha tuziladigan Tashkiliy ishchi guruhiga nomzodlar taqdim qilindi. Oʻz navbatida vazirlik tomonidan ham mazkur tadbirni xorijiy davlatlarda tashkil etish boʻyicha ikki nafar masʼul xodim biriktirildi.

Markazning oʻzida esa koʻrgazmani oʻtkazish boʻyicha 16 nafardan iborat tarkibda Tashkiliy guruh shakllantirildi. Markaz tomonidan Bukhari Creative Acency LLC (Buxari Kreativ Egensi ElElSi) tashkiloti bilan birgalikda koʻrgazma konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Tadbirni Turkiyada joriy yilning 4-choragida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRSIKA) bilan hamkorlikda oʻtkazish yuzasidan joriy yilning 2 fevral kuni ZOOM platformasi orqali videokonferensiya shaklida muzokara oʻtkazildi. Koʻrgazma konsepsiyasi tanishish uchun IRSIKA tomoniga taqdim qilindi.

Bundan tashkari Markazning qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimi 3 nafar ilmiy xodimlari joriy yil 15 yanvardan 16 fevralgacha Turkiya qoʻlyozma asarlar bosh boshqarmasi kitob shifoxonasi va arxiv ishlari boshqarmasida ilmiy safarda boʻlib qaytdi.

Safar davomida Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA)ga tashrif buyurib, boʻlim boshligʻi, tarix fanlari doktori, professor Ashirbek Muminov va Tashkiliy ishlar boʻyicha kordinatori Samet Yalchinlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda “Imom Buxoriy asarlari misolida islom sanʼati koʻrgazmasi”ni oʻtkazish boʻyicha rejalashtirilayotgan ishlar muhokama qilindi. IRSIKA tomoni ikki tashkilot hamkorligida 2022 yilda oʻtkaziladigan koʻrgazmalar va xalqaro konferensiyalarni hamkorlikda oʻtkazishga doim tayyor ekanliklarini bildirdi.

Shuningdek, mazkur markazning Bosh direktori, professor Mahmud Erol Qilich janoblari joriy yilning 9 aprel kuni Markazimizga tashrif buyurib, ikki markaz oʻrtasidagi hamkorlik asosidagi ishlarni yanada jadal suratlarda tashkil etishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi. Tashrif davomida koʻrgazmani yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazishga oid qator masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari joriy yilning 13 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev rahbarligidagi bir guruh ilmiy xodimlardan iborat delegatsiyasi Turkiya safarida boʻlib, Istanbulning Bagʻchilar tumani hokimi oʻrinbosari Mustafa Arach bilan koʻrgazmani tashkil etish va oʻtkazishga oid muzokara oʻtkazdi.

Dastlabki kelishuvlarga koʻra koʻrgazmani oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy jihatlarga oid masalalar yuzasidan tomonlar amalga oshirishi lozim boʻlgan vazifalar belgilandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi yuzasidan amaliy tadbirlar davom ettirilmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati