Home / FOTO LAVHALAR / Akademiya bitiruvchilari – potensial nomzod

Akademiya bitiruvchilari – potensial nomzod

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida sohada faoliyat olib boruvchi qator muassasalar hamkorligida akademiyaning bitiruvchi talabalar bandligini taʼminlashni samarali tashkil etish maqsadida ”Karyera kuni” tadbiri oʻtkazildi.

Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ham mavjud vakant oʻrinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan qatnashib, akademiya bakalavriatining 8 nafar bitiruvchi talabasini Markaz ilmiy xodimligiga potensial nomzod sifatida qabul qildi.

Tadbirda akademiya bitiruvchilari va ish beruvchi tashkilotlar oʻrtasida “Yoshlar Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” nomli muloqot maydonchasi ham tashkil etildi.

Tadbir yakunida bir guruh ish beruvchi tashkilotlar vakillariga Akademiyaning esdalik sovgʻalari hamda tashakkurnomalar topshirildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan Farmoniga muvofiq, yurtimiz taraqqiyoti, …