Avval xabar qilganimizdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat delegatsiya ayni kunlarda Turkiyada amaliy tashrif bilan boʻlib turibdi. Tashrifning birinchi kuni davomida Anqara universiteti Ilohiyot fakulteti oʻqituvchilari bilan davra suhbati tashkil qilindi. Ular bilan allomalarimiz taʼlimotlari asosida bugungi kun global muammolariga yechim topish, sof islom gʻoyasini targʻib qilish boʻyicha fikr almashildi.
Tadbir doirasida delegatsiya nomidan Anqara universitetidagi moturidiylik yoʻnalishida xizmat qilib kelayotgan bir qator professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchi talabalarga tashakkurnoma va sertifikatlar taqdim qilindi.
Tadbir soʻngida markazlar tomonidan nashr qilingan kitoblar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Markazlar nashrlaridan 20 ga yaqin kitoblar Anqara universitetiga hadya qilindi.