Home / FOTO LAVHALAR / OʻZBЕK TILIDAGI “TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARINING FARGʻONADAGI TAQDIMOTI TAFSILOTLARI

OʻZBЕK TILIDAGI “TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARINING FARGʻONADAGI TAQDIMOTI TAFSILOTLARI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining oʻzbek tiliga tarjima qilingan 30-juzi Fargʻona viloyatida taqdim qilindi.

Asar taqdimotiga bagʻishlangan tadbirda markaz olimlari, viloyat hokimligi masʼul xodimlari, imom-xatiblar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Taqdimot ochilishida viloyat hokimi oʻrinbosari J.Xatamov va viloyat bosh imom xatibi U.Abdullayevlar soʻzga chiqishib, davlatimiz rahbari boshchiligida soʻnggi yillarda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada keng miqyosda olib borilayotgan tub islohotlar zamirida buyuk allomalarimiz hayoti va ilmiy merosi, shu jumladan, ularning islom ilmi rivojiga qoʻshgan bebaho asarlarining ilmiy-maʼnaviy qiymatini keng targʻib etishga qaratilayotgan eʼtibor bugungi kunda yuksak qadr topayotganini eʼtirof etishdi va buning yorqin samarasi sifatida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar koʻlamini kengaytirishga imkon yaratilayotganini taʼkidlashdi.

 

Tadbirda asosiy maʼruzachilar Imom Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” asarini oʻzbek tiliga tarjima qilish jarayonlarining borishi, ushbu ilmiy-tadqiqotning yurtimizda tafsir va kalom ilmi boʻyicha tarixiy asl manbalarga tayangan holda qilingan ilk islom ilohiyotiga oid yangilik sifatidagi ahamiyati hamda asarning dinni sof saqlash nuqtai-nazaridan tarixiy qiymati xususida toʻxtaldilar.

 

Taqdimotda soʻzga chiqqanlar oʻz muallifiga katta shon-shuhrat keltirish bilan birga butun musulmon olami va islom dunyosi uchun baʼzi adashgan aqidaviy firqalarning Qurʼon maʼnolarini buzib talqin qilishdek botil tarjimalariga raddiya oʻlaroq ishonchli manbaligi bilan ham qimmatli ekani eʼtirof etilgan mazkur asarning oʻzbek tilidagi talqini iymoni butun, eʼtiqodi mustahkam xalqimiz uchun manfaatli boʻlib, yosh avlodni millatlararo va dinlararo bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat, tinchlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirishdi.

 Imom Buxoriy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …