EʼTIROF

▪️ ASLBЕK IZBAIROV – Abay nomidagi Milliy pedagogika universiteti (Qozogʻiston) direktori:

– Hadisshunoslik va boshqa ilmlar toʻgʻrisida soʻz ketganda, butun Movarounnahr ahli ilmiy-madaniy markaz hisob­langan Samarqand va Buxoroga tobe boʻlganini aytib oʻtish joiz. Baʼzilar asossiz ravishda Qozogʻiston diniy bilim­lar borasida ortda qolib kelayotgan davlat, deb daʼvo qiladi. Aslida unday emas. Qozogʻistonda ham ilmiy-­maʼna­viy sohada keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda va bugun mamlakatimizning har goʻshasida ularning samara­siga guvoh boʻlish mumkin. Biz, qozogʻistonlik mutaxassis­lar buyuk allomalar kindik qoni toʻkilgan Oʻzbekiston zami­ni­da Markaziy Osiyo hadisshunoslik maktabi va Tasavvuf mak­tabini tashkil etishni taklif qilgan boʻlar edik.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …