Home / FOTO LAVHALAR / “MOTURIDIYLIK VA HOZIRGI ZAMON” MAVZUIDAGI TURKUM ILMIY SЕMINARLAR BOSHLANDI

“MOTURIDIYLIK VA HOZIRGI ZAMON” MAVZUIDAGI TURKUM ILMIY SЕMINARLAR BOSHLANDI

Avval xabar qilganimizdek, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Bosh ilmiy xodimi, doktor Ahmad Saʼd Damanhuriy Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Moturidiylik va hozirgi zamon” mavzuidagi xalqaro ilmiy seminarlar haftaligida oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etmoqda.

12 avgust kuni doktor Ahmad Saʼd Damanhuriy Markaz ilmiy xodimlari bilan “Imom Moturidiy qarashlarining ilmiy ahamiyati” mavzuida davra suhbati oʻtkazdi. Tadbir davomida Moturidiyning hayoti va merosi haqida qimmatli maʼlumotlar aytib oʻtildi.

– Imom Moturidiy Injil, Tavrot kitoblarining ham bilimdoni, tafsir, kalom, fiqh, tasavvuf, falakiyot va tarix sohalarida ham mukammal ilmga ega boʻlgan. U islom olamida eng koʻp sharafli unvonlar bilan ulugʻlangan yagona olimdir. Oʻz davridagi ulamolar orasida Moturidiyning obroʻ-eʼtibori juda yuqori boʻlgan. Unga bejiz “Barcha hanafiy olimlar raisi” unvoni berilmagan. Moturidiy ijtihodda ham eng baland martabaga koʻtarilgan olim, ilmu amalda barchaga oʻrnak boʻlgulik sharafli inson edi, – deb taʼkidladi Damanhuriy.

Tadbir soʻnggida ilmiy xodimlar Moturidiylik taʼlimotiga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Ahmad Saʼd Damanhuriy kunning ikkinchi yarmida Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi, Samarqand qogʻozini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …