Home / YANGILIKLAR / DINIY BAGʻRIKЕNGLIK – MILLATLARARO TOTUVLIKNING MUHIM OMILI

DINIY BAGʻRIKЕNGLIK – MILLATLARARO TOTUVLIKNING MUHIM OMILI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali hamkorligida 20 may kuni Zoom videokonferensiya dasturi orqali “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida “Diniy bagʻrikenglik – millatlararo totuvlikning muhim omili” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilarga oʻzbek xalqi azaldan turli urf-odat, madaniyat, til va turmush tarziga ega boʻlgan, xilma-xil dinlarga eʼtiqod qiladigan oʻnlab xalqlar va elatlar yashagan bagʻrikeng oʻlka boʻlgani, millati va dinidan qatʼi nazar, insonni ardoqlash va oʻzgalarni qadrlash, kattaga hurmat va kichikka izzat kabi goʻzal xislatlar oʻzbek xalqining yuksak fazilatlaridan boʻlib kelgani toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

– Yurtimizda ijtimoiy va maʼnaviy hayotdagi yangilanishlar jarayoni diniy-maʼrifiy yoʻnalishda ham tub oʻzgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga munosabat tubdan oʻzgardi, vijdon erkinligi qonun bilan kafolatlandi. Din va davlat oʻrtasidagi munosabatlar haqida soʻz ketar ekan, uning asosida, eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini taʼkidlash zarur. Jamiyat hayotida tenglik, adolat gʻoyalarining ustuvor boʻlishi va amaliyotda oʻz ifodasini topishi koʻzlangan maqsadlarga erishishga, belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy moʻljallarning barcha uchun birdek qadr-qimmat kasb etishiga, fuqarolar oʻrtasida birdamlik va hamjihatlik, oʻzaro anglashuv va hurmat muhiti qaror topishiga zamin yaratadi, – dedi Markaz ilmiy xodimi T.Evadullayev.

Tadbirda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …