Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda 2020 yilning dekabr oyidan 2021 yilning mart oyiga qadar alohida reja asosida “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzui doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan onlayn-seminarlar oʻtkazildi.
Ushbu seminarlarda nafaqat Oʻzbekiston va Germaniya ilmiy doiralari vakillari, balki AQSH, Misr, Turkiya, Malayziya va boshqa xorijiy mamlakatlardagi sharqshunos va islomshunos olimlar ham ishtirok etdi.
Seminarlar davomida olim va tadqiqotchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olib, mazkur yoʻnalishdagi ilmiy muloqotlar 2021 yilning aprel oyidan shu yilning iyul oyiga qadar ikkinchi bosqichda davom etadigan boʻldi.
Ilmiy muloqotlar dasturiga koʻra, joriy yil 6 aprel kuni Oʻzbekiston vaqti bilan soat 17:00da Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti tadqiqotchisi, tarix fanlari doktori Oʻktambek Sultonovning “Movarounnahrda Siddiqiylar nasabini qonuniylashtirishning uch versiyasi” mavzuidagi maʼruzasi tinglanadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va boshqa hamkor tashkilotlar yurtimiz va xorijdagi ilmiy doiralar vakillari va tadqiqotchilarni onlayn tarzda boʻlib oʻtadigan mazkur seminarlarga taklif etadi.
Onlayn seminarda quyidagi ZOOM videokonferensiya dasturi orqali qatnashish mumkin.
👉https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09
Seminar identifikatori: 525 843 6902
Parol: 12345