Home / 2024 (page 44)

Yearly Archives: 2024

“MARKAZ – ILMIY MANBALAR XAZINASI”

Marian KAS – Nyu-York universiteti professori – Tadqiqotlarimning asosiy yoʻnalishi islom huquqi va uning eski shakllaridan zamonaviylariga oʻtish bosqichlarini oʻrganishdan iborat. Ayni kunlargacha ayrim jihatlari saqlanib qolgan bu huquq tarmogʻining oʻz davrida asosiy oʻrinda amal qilish omillarini tadqiq qilish menga zavq bagʻishlaydi. Yurtingiz olimlari bilan bu borada ilmiy munozaralar yuritish, …

Batafsil

MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI

Iyd al-Adho – Qurbon hayiti zulhijja oyining dastlabki oʻn kunligi yakuniga toʻgʻri keladi. Islom mehr-muruvvat, saxovat, insonparvarlik, bagʻrikenglik, maʼrifat va tinchlikparvarlik dini sifatida silai rahm, kattaga hurmat, kichikka izzat, yetimlarga gʻamxoʻrlik va muhtojlarga yordamni ham ulugʻ ibodatlar qatoriga qoʻshgan. Zulhijja oyining birinchi oʻn kunida bu fazilatlar yanada yorqin namoyon boʻladi. …

Batafsil

“OʻZBEKISTON – ILM-FAN TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIGA CHIQMOQDA”

Bruno de NIKOLA – Avstriya fanlar akademiyasi assistent-professori: – Markazingiz misolida yurtingizda yetuk olim va istiqboli porloq tadqiqotchilarning yangi avlodi shakllanayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Ularning manbalar bilan ishlash hamda qiyosiy tahlil borasidagi koʻnikmalari jahon andozalariga mos keladi. Bunga davlatingiz tomonidan ilm-fan taraqqiyotiga berilayotgan yuksak eʼtibor sifatida baho berish oʻrinli. Movarounnahr islom …

Batafsil

“MARKAZ MUVAFFAQIYATLARI OSHIB BORAVERADI!”

Muhammad SHAHIN – Tyubingen universiteti professori(Germaniya): – Markazingiz, ayniqsa muzey Imom Buxoriy hayot yoʻli va ilmiy faoliyatini oʻzida ifodalagan nurli maskan sifatida qalbimni munavvar qildi. U yerga kirgan har qanday kishining koʻngli yorishadi. Men ham toʻlqinlandim, koʻksimda yoqimli hayajon uygʻondi. Muassasangiz fayzi uning Imom Buxoriy maqbarasi yonida joylashganida deb bilaman. …

Batafsil

“HAMKORLIGIMIZ UZOQ YILLAR DAVOM ETISHIGA ISHONAMAN”

Florian SHVARS – Avstriya Fanlar akademiyasi professori, Akademiya huzuridagi Eronshunoslik instituti direktori – Institutimiz bilan Markazingiz oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolanganiga bir yil boʻldi. Ayni paytda mazkur hujjatni amaliyotga izchil tatbiq etib, tadqiqotchilarimizning ilmiy tajriba almashuvini yoʻlga qoʻyganmiz. Oʻzaro hamkorlikda Markaziy Osiyo qoʻlyozmalariga bagʻishlab oʻtkazilgan xalqaro konferensiya ham yaqin aloqalarimizning amaliy …

Batafsil

“TADQIQOTLARNI MUVOFIQLASHTIRISHDA MARKAZ BILAN HAMQADAMMIZ”

Sami AYYUB – Texas universiteti professori (AQSH): – Samarqandga ilk bor kelishim. Markazingiz faoliyati bilan tanisha turib, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi eʼtiborimni koʻproq tortdi. Uning sovrindorlari bilan tanishdim, hammasiga havasim keldi. Bizda ham oʻzbek olimlaridan iborat hayʼat bor. Ular bilan oʻzaro hamkorlik doim manfaatli kechgan. Ilm odamlari uchun …

Batafsil

ISLOM – MAʼRIFAT DINI

Bugun ayrim gʻaraz niyatli guruhlar buzgʻunchi gʻoyalarni tarqatayotgani tufayli islom diniga taraqqiyotdan orqada qolgan yovvoyilarning eʼtiqodi sifatida qarashlar yuzaga kelayotgani hech kimga sir emas. Aslida ilm-fanni dunyoga tanitish va tarqatishda aynan islom dini asosiy yoʻlboshchilik vazifasini oʻtagan. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tashkil etilgan “Oʻrta asrlarda islomda taʼlim tizimi”[1] seminarida …

Batafsil

Buxoriyga ehtirom

“Quloq soling! Hadis va fiqh ilmlarini yaxshilab koʻzdan kechirdim. Zohidlar, obidlar, faqihlar suhbatida boʻldim. Lekin aqlimni taniganimdan buyon Muhammad ibn Ismoilga oʻxshashini koʻrganim yoʻq!”.Qutayba ibn Said rahmatullohi alayh 

Batafsil

HAZRAT ZANGI OTA SIYRATINI NAMOYISH ETUVCHI VA TARIXIY XOTIRANI UYGʻOTUVCHI ASAR

Qoʻlimizdagi ushbu kitobning birinchi nashridan farqi unga alohida eʼtibor bilan yondashilganidadir. Toʻgʻri, bunday eʼtibor kitobning birinchi nashrini tayyorlashda ham boʻlgan. Ammo uni muallif istagan suratlar bilan boyitishga imkoniyat yetarli boʻlmagan. Kitobning bu nashri esa koʻplab surat va illyustratsiyalar bilan bezatilgan, uning hoshiyalari muqaddas kitoblar va buyuk mutafakkirlar asarlaridan olingan durdona …

Batafsil

“SAHIHUL BUXORIY” INSONLARNI ILMGA CHORLAYDI

“Alloh jalla zikruhu aytadi: “Bandalar orasida Allohdan faqat olimlarigina qoʻrqarlar”[1]. “Lekin ularga faqat olimlarning aqli yetar”[2]. “Quloq solganimizda yo aql yuritganimizda edi, lovullagan otash sohiblari orasida boʻlmas edik”, derlar”[3]. “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻlarmidi?![4]” “Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qoʻyadi. …

Batafsil