Home / FOTO LAVHALAR (page 71)

FOTO LAVHALAR

XALQARO ILMIY KONFЕRЕNSIYADA MARKAZ OLIMLARI FAOL ISHTIROK ETISHDI

Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) hamkorligida “Termiziy olimlarning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Anʼanaviy hamda onlayn tarzda tashkil etilgan anjumanning yalpi yigʻilishida Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) Bosh direktori, professor …

Batafsil

“DAVLAT GЕRBI – IFTIXOR RAMZI”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Davlat gerbi – iftixor ramzi” deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Markaz direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Muhammadiyev hamda Markaz direktori Bosh maslahatchisi falsafa fanlari doktori, professor …

Batafsil

AXBOROT MAKONI MUTASADDILARI QUTLANDI

Poytaxtimizda “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik – bosh mezon” mavzusida milliy konferensiya boshlangani toʻgʻrisida xabar bergan edik. “Davlat organlari faoliyati ochiqligini taʼminlashda axborot xizmatlari va OAV hamkorligi istiqbollari” mavzusida “City Palace Hotel Tashkent” mehmonxonasida oʻtkazilgan anjuman Konferensiya ikkinchi ish kunining asosiy tadbiri boʻldi.      Unda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi …

Batafsil

AXBOROT XIZMATLARI SOHASIGA OID MUHIM MILLIY ANJUMAN ISH BOSHLADI

Poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy mass-mediani qoʻllab quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamkorligida “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik – bosh mezon” mavzusida milliy konferensiya ish boshladi. Islohotlarning bugungi bosqichida axborot xizmatlari oldida turgan muhim vazifalarni belgilash …

Batafsil

Navbatdagi onlayn seminarda Muhammad Porso shaxsiy kutubxonasi shuhrati tilga olindi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida navbatdagi onlayn seminar tashkil etildi. Unda Markazning xalqaro stipendiya sovrindorlari va ilmiy xodimlari, Islom Hamkorlik Tashkiloti (OIC)ning Islom tarixi, madaniyati va sanʼatini tadqiq etish markazi …

Batafsil

XALQARO STIPЕNDIYA SOHIBLARI BUXORODA BOʻLISHDI

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sohiblari Muhammad Hilmi Jalil va Almas Imangaliyev Markazning amaliyot dasturiga binoan Buxoroga ilmiy safar qildi. Xorijlik tadqiqotchilar dastavval Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi kutubxonasida boʻlishib, uning fondida saqlanayotgan nodir qoʻlyozma nusxalari bilan tanishdi. Muzey-qoʻriqxona ilmiy xodimi Axtam Ahmedov mehmonlarga kutubxona faoliyati, qoʻlyozma, hujjatlar va fond haqida maʼlumotlar …

Batafsil

KOMILLIKKA ERISHISHNING YAGONA YOʻLI — MUTOLAA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Komil Sindorovning “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Temuriylar kutubxonasining siri”, “Supoqsoydagi sirli qotillik”, “Oʻgʻirlangan bolalik” nomli badiiy detektiv asarlar mohiyati yuzasidan muallif ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlari hamda Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali tinglovchilari qatnashdi. Tadbir …

Batafsil

BUXORO VOHASI TARIXI TURKUM SЕMINARLARNING NAVBATDAGISIGA MAVZU BOʻLDI

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markazning xalqaro stipendiya sovrindorlari va ilmiy xodimlari, Islom hamkorlik tashkiloti (OIC)ning Islom tarixi, madaniyati va sanʼatini tadqiq etish markazi …

Batafsil

OKSFORD TADQIQOTCHISI MARKAZDA BOʻLDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Buyuk Britaniyadagi Oksford Islom tadqiqotlari markazi doktoranti Benjamin Sharkey keldi. Tadqiqotchi “Markaziy Osiyo mintaqasining Oʻrta asrlardagi tarixi” mavzusi doirasida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borayotgan boʻlib, Oʻzbekistonga tashrifidan maqsad tadqiqot obyektlarini oʻrganish, mavjud madaniy meros yodgorliklarini koʻzdan kechirish hamda tarixiy manbalarni tadqiq etishdan iborat. Mehmon …

Batafsil

MARKAZ STIPЕNDIATLARI ILMIY ISHLARI TAQDIMOTINI OʻTKAZDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyaning ayni kunlarda Markazda amaliyot oʻtayotgan sovrindorlari olib borayotgan ilmiy-tadqiqotlarining dastlabki natijalari taqdimotini oʻtkazishdi. Taqdimot avvalida stipendiya dasturi gʻoliblari Markazda ilmiy izlanishlar olib borish uchun yaratilgan sharoit hamda rahbariyat va ilmiy xodimlar tomonidan koʻrsatilayotgan amaliy yordamlar uchun minnatdorlik bildirishdi. Shuningdek ular …

Batafsil