Home / FOTO LAVHALAR (page 2)

FOTO LAVHALAR

“Ajdodlarga munosib avlod boʻlaylik”

Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika institutida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida shu mavzuda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, institut professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etdi. Uchrashuvda milliy maʼnaviyatimiz va maʼrifatimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimiz merosi haqida maʼruzalar qilindi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom …

Batafsil

Markaz salohiyatining eʼtirofi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziyaning SIRIM akademiyasi (Standard and Industrial Research Institute of Malaysia) vakillari tashrif buyurdi. Mehmonlar Oʻzbekiston bilan Malayziya oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish yoʻnalishida turizm boshqaruvi va soha marketingini takomillashtirish, shuningdek, mamlakatimizda musulmonlarning doʻstona turizmi (Muslim-friendly tourism) standartlarini joriy etish imkoniyatlarini oʻrganib, bu borada yurtimiz boʻylab mutaxassislar …

Batafsil

Hamkorlik – keng imkoniyatlar eshigi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziyaning Sharif Hidoyatullo Davlat islom universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Ayni kunlarda delegatsiya aʼzolari “Hadis ilmida musulmonlar amiri Imom Buxoriy merosini oʻrganish yoʻlida: Indoneziyaning 1000 nafar izlanuvchisi” nomli maʼrifiy-sayyohlik dasturining ilk qatnashchilari sifatida mamlakatimizda mehmon boʻlib turibdi. Dastur indonez xalqi orasida Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib …

Batafsil

Majmuada “Jannat bogʻi” boʻladi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga yaponiyalik tadbirkor, “Nakane Garden Research and Consultant Co. LTD” korxonasi bosh arxitektori Nakane Yukixigo rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori Shovosil Ziyodov kutib olib, faoliyat natijalari haqida maʼlumot berdi. Delegatsiya aʼzolari Markaz muzeyi bilan yaqindan tanishib, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi xususida batafsil …

Batafsil

Xorijiy tillarni oʻrganish va taʼlim muammolari muhokamasi

19-fevral kuni Toshkentda Oriyental universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Xorijiy tillar tadqiqi va taʼlimi muammolari” mavzusiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi. Dunyo miqyosidagi nufuzli taʼlim va tadqiqot muassasalari vakillari, professor-olimlar, mutaxassis va tadqiqotchilar qatnashayotgan nufuzli anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori, professor Shovosil Ziyodov ham onlayn …

Batafsil

Sheʼriyatning oliy mutasavvifi, tasavvufning aʼlo shoiri

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida navoiyxonlik kechasi tashkil etildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, Hadis ilmi maktabining ustoz va talabalari, Samarqand viloyati hokimligi mutasaddilari, taʼlim sohasi faxriylari, ilmiy jamoatchilik va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbirda aka-uka tadqiqotchilar Hasanxon va Husaynxon Yahyo Abdulmajidning “Navoiydan chu topqaylar navoe” kitobi asosida shoirning sheʼriyat …

Batafsil

Amir Temur – buyuk qahramon va adolatli hukmdor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, yurtimiz va xorijdagi ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Turkiya va AQSHdan olimlar ishtirok etdi. Seminarda AQSHning Indiana universiteti Hemilton Lugar nomidagi Global va …

Batafsil

Maʼnaviy yuksalish sari

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Samarqand Davlat chet tillar institutida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” turkumida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazdi. Uchrashuv yoshlarning ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, turli yot gʻoyalarga qarshi immunitetini kuchaytirish, jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka nisbatan murosasizlik hissini oshirish maqsadida tashkil etildi. Markaz ilmiy xodimlari huquqni muhofaza qilish organlari vakillari …

Batafsil

HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMASI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Misr Arab Respublikasidagi vakili, “Ash-Shaʼlon” Qurʼon tadqiqotlari jamgʻarmasi raisi doktor Abdulloh Husayn Shaʼlon Misr vaqf ishlari vaziri professor, doktor Usoma Azhariy bilan uchrashdi. Suhbat chogʻida Markaz bilan mazkur vazirlik oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Doktor Usoma Azhariy Imom Buxoriy xalqaro …

Batafsil

“Oltin asrga sayohat”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyaning “TRT El Arabiya” teleradiokanali ijodiy guruhi tomonidan shu nomli hujjatli filmning tegishli qismi suratga olinmoqda. Movarounnahr zaminidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar – Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi allomalarning boy ilmiy merosini keng jamoatchilikka tanishtirishga qaratilgan kinoasarning Imom Buxoriyga oid qismida Markaz …

Batafsil