4-fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi Malayziya Islom sanʼati muzeyida ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Malayziya jamoatchiligini Oʻzbekistonning boy tarixi va madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida shu mavzuda xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida tashkil etilgan tadbirda Malayziyaning yetakchi ilmiy va madaniy muassasalari – «Al-Buxoriy» …
BatafsilOʻzbekiston-Malayziya: Ikki tomonlama hamkorlik mustahkamlanmoqda
Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari rahbar xodimlari 3-fevral kuni Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Malayziya xalqaro islom universiteti huzuridagi Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi xalqaro instituti mutasaddilari bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida islom ilmi va maʼnaviyatini chuqur oʻrganish, koʻp asrlik ilmiy merosni asrab, kelgusi tadqiqotlar uchun yangi yoʻnalishlar belgilash masalalariga …
BatafsilYoshlar maʼnaviyati – kelajakni belgilovchi bosh omil
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Samarqand Agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarliklar, diniy ekstremizm kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Yoshlarda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni yanada yuksaltirish, ularni jamiyatda oʻz oʻrnini topishga yoʻnaltirish, bunda huquqbuzarliklar va diniy ekstremizmning salbiy taʼsirini kamaytirishga qaratilgan …
BatafsilJadidlik va milliy uyg‘onish: Behbudiy merosi yoshlar qalbida
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Gʻallaorol tumani ixtisoslashtirilgan maktabida buyuk jadid, ma’rifatparvar va Turkiston millatparvarlari yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari B.Mahmudov, A.Mamadaliyev, tuman Adliya bo‘limi bosh yuristi E.Muhammadiyev va Davlat xizmatlari bo‘limi xodimi Gʻ.Normatov ishtirok etdi. Tadbir davomida …
BatafsilMalayziyalik professor: “Oʻzbekiston – islom sivilizatsiyasining beshigi”
Imom Buxoriy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida Malayziya xalqaro islom universiteti prorektori, professor Muhammad Favzan Nuriddin bilan uchrashuv oʻtkazildi. Taʼkidlash kerakki, Malayziya xalqaro islom universiteti xalqaro islom universitetlari reytingida 2-oʻrinda turadi. Xorijiy tillarda debat qilish boʻyicha dunyoning eng kuchli universitetlari reytingida 41-oʻrinni egallagan. Tadbirda Malayziya xalqaro …
BatafsilMalayziya instituti O‘zbekistonning qadimiy va noyob merosi targ‘ibotchisiga aylanadi
Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida Islom tushunchasi va sivilizatsiyasi xalqaro institutida muloqot tashkil etildi. Suhbat davomida Islom tushunchasi va sivilizatsiyasi xalqaro instituti direktori Abdulaziz Berghout Yangi O‘zbekistondagi islohotlar natijalarini yuqori baholadi. Ushbu ilmiy muassasa Malayziyada alohida nufuzga ega institut bo‘lib, bu yerda dunyoning turli …
BatafsilFariza Shom: “Oʻzbekistonlik tadqiqotchilar uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”
21-yanvar kuni Malayziya islom madaniyati institutida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, Malayziya islom madaniyati instituti rahbariyati hamda Malayziya milliy universiteti professor-oʻqituvchilari qatnashdi. Malayziya tomoniga Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, diniy-maʼrifiy sohadagi ijobiy oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. …
BatafsilNAVOIYNING ILK DEVONI: MANBALAR VA XULOSALAR
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, yurtimiz va xorijdagi ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Turkiya va AQSHdan olimlar ishtirok etdi. Seminarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik …
BatafsilKasbiga sodiq boʻlgan har bir fidoyi inson Vatan himoyachisidir!
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev tabrik soʻzida Vatan himoyasining nafaqat harbiy, balki maʼnaviy va fuqarolik jihatlariga ham alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi. Qayd etilganidek, har bir soha vakili …
BatafsilQoʻlyozmalar ilmiy tadqiqida xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda
8-yanvar kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Fotix Sulton Mehmet vaqfi universiteti huzuridagi Qoʻlyozmalarni oʻrganish va tadqiq etish markazi (Turkiya) oʻrtasida videokonferensiya shaklida oʻzaro hamkorlikka oid Anglashuv memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda ikki muassasa rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirok etib, ilmiy-amaliy aloqalar istiqbolini muhokama qildi. Imom Buxoriy xalqaro …
Batafsil