Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Tyermiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat delegatsiya ayni kunlarda amaliy tashrif bilan Turkiyada mehmon boʻlib turibdi. Safar doirasida mamlakatdagi muzey va kutubxonalar faoliyatini yaqindan oʻrganish bilan birga, yirik ilmiy muassasalarda maʼnaviy-maʼrifiy va taqdimot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Jumladan, Turkiyaning …
BatafsilYangi nashrlar mintaqa xalqlari maʼrifatini oshirishga xizmat qiladi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Buxoriy ilmiy merosi: zamonaviy tadqiqotlar” mavzusida xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining oʻrinbosari Firdavs Halimov, Hadis ilmi maktabi rektori Barot Amonov, Al-Azhar universiteti (Misr) professori Shayx Mahmud Hasan, Istanbul universitetining (Turkiya) Ilohiyot fakulteti bitiruvchilari, Imom Buxoriy xalqaro stipendiyasi sovrindorlari …
BatafsilMarkaz – yana bir xalqaro tadbir mezboni
Toshkentda BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) va Al-Azhar universiteti (Misr) tashabbusi bilan boshlangan “Oʻzbekistonda ayollar huquqlariga oid islom taʼlimoti meʼyorlarini oʻrganishning nazariy-tadbiqiy jihatlari” mavzusidagi xalqaro oʻquv seminari ishtirokchilari 13-sentyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktorining oʻrinbosari O.Muhammadiyev kutib olib, ilmiy tadqiqotlar natijalari, erishilayotgan muvaffaqiyatlar haqida maʼlumot …
BatafsilTermizda yirik anjuman ish boshladi
Bugun, 12-sentyabr kuni Termiz shahrida “Termiziy allomalarning ilmiy-maʼnaviy merosi: oʻtmish va bugun” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boshlandi. Davlatimiz rahbarining 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi asnosida tashkil etilgan anjumanda mamlakatimizdan 60 ga yaqin taniqli diniy ulamolar, yetuk islomshunos olim va mutaxassislar hamda Imom Buxoriy xalqaro …
BatafsilFozil olim tashrifi
Ayni kunlarda yurtimizda mehmon boʻlib turgan misrlik fazilatli shayx, murabbiy, muhaddis Mustafo Abu Sulaymon Nadviy hazratlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga keldi. Islom olamida chuqur eʼzozlanadigan yuksak martabali mehmonni Markaz rahbari Shovosil Ziyodov kutib oldi. Tashrif chogʻida shayx hazratlari Markaz muzeyi bilan tanishtirildi. Muloqot davomida u kishiga Markaz faoliyati, amalga …
BatafsilIlmiy xodimlar – Turkiyada malaka oshirishda
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimining 3 nafar ilmiy xodimi Turkiya qoʻlyozma asarlar bosh boshqarmasi kitob shifoxonasi va arxiv ishlari boshqarmasi (Türkiye Yazma Eserler Kurumu Başkanlığı Kitap Şifahanesi ve Arşiv Dairesi Başkanlığı) hamda Sulaymoniya yozma asarlar kutubxonasida malaka oshirish dasturining navbatdagi bosqichida ishtirok etishni boshladi. …
BatafsilTurkiyada malaka oshirgan tadqiqotchi koʻnikmalari bilan oʻrtoqlashdi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyada malaka oshirish dasturini oʻtab kelgan Ravshan Elmurodov “Islom tafakkuri institutida malaka oshirish: koʻnikma va natijalar” mavzusida seminar oʻtkazdi. Markaz ilmiy xodimlari uchun tashkil etilgan seminarda ilmiy-tadqiqotlar boʻlimi xodimi, Islom tafakkuri instituti kurs tadqiqotchisi R.Elmurodov mavzu boʻyicha maʼruza qildi. Maʼruzachi dastavval yigʻilganlarga institut haqida toʻliq …
BatafsilHadislarni toʻgʻri anglashning oʻziga xos usuli
29-avgust kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo – Islom madaniyati va sanʼati oʻchogʻi” ilmiy loyihasi doirasida navbatdagi onlayn seminar oʻtkazildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, IRCICA vakillari hamda Turkiya va Germaniyadan tadqiqotchilar qatnashdi. Seminarda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro …
BatafsilMarkaz faoliyatining Turkiyadagi taqdimoti
Turkiyaning Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Tatariston ilmiy muassasalari tadqiqotchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish oʻquvi yakunlandi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Ravshan Elmurodov, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlari, Hadis …
BatafsilSayyohlik salohiyatining sarafrozi
Ayni kunlarda mamlakatimiz hududlarida oʻtkazilayotgan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling!” dasturi asosida 21-avgust kuni Samarqandda ichki turizm yarmarkasi tashkil etildi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida oʻtkazilgan tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ham ziyorat turizmiga …
Batafsil