Home / YANGILIKLAR (page 79)

YANGILIKLAR

OKSFORD TADQIQOTCHISI MARKAZDA BOʻLDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Buyuk Britaniyadagi Oksford Islom tadqiqotlari markazi doktoranti Benjamin Sharkey keldi. Tadqiqotchi “Markaziy Osiyo mintaqasining Oʻrta asrlardagi tarixi” mavzusi doirasida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borayotgan boʻlib, Oʻzbekistonga tashrifidan maqsad tadqiqot obyektlarini oʻrganish, mavjud madaniy meros yodgorliklarini koʻzdan kechirish hamda tarixiy manbalarni tadqiq etishdan iborat. Mehmon …

Batafsil

QOHIRA ANJUMANI: OʻZBЕKISTON TAJRIBASI ISLOM ULAMOLARI EʼTIROFIDA

Misr koʻhna diyor, buyuk tarix va gʻoyalar orasidagi kurashlarga shohid eng qadimiy ibrat sahnasidir. Ushbu zamin haqida Qurʼoni karimda ham besh oyatda ishora kelgan. Ilm va hikmat gulshani boʻlgan bu yurtda ming yildan ziyod tarixga ega Azhari sharif dorulfununi musulmon dunyosiga yirik ulamolarni yetishtirib berishi bilan maʼlumu mashhur. Ayni damda …

Batafsil

MARKAZ STIPЕNDIATLARI ILMIY ISHLARI TAQDIMOTINI OʻTKAZDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyaning ayni kunlarda Markazda amaliyot oʻtayotgan sovrindorlari olib borayotgan ilmiy-tadqiqotlarining dastlabki natijalari taqdimotini oʻtkazishdi. Taqdimot avvalida stipendiya dasturi gʻoliblari Markazda ilmiy izlanishlar olib borish uchun yaratilgan sharoit hamda rahbariyat va ilmiy xodimlar tomonidan koʻrsatilayotgan amaliy yordamlar uchun minnatdorlik bildirishdi. Shuningdek ular …

Batafsil

DIQQAT EʼLON

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida oʻtkazilayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan onlayn seminarlarning navbatdagisiga taklif etamiz. Bu galgi seminarda Parij-Sorbonna-Panteon universiteti Dr. ROKKO RANTЕning “ILK ISLOM DAVRIDAGI BUXOROGA OID TADQIQOTLAR” mavzuidagi maʼruzasi tinglanadi. …

Batafsil

Muftiy hazratlari Azhari sharif majmuasida yuzlab vatandoshlar bilan muloqot oʻtkazdi

10 iyun kuni Muftiy hazratlari “Azhar” masjidida juma namozini ado etgandan soʻng, ushbu majmua xonaqohida jamlangan bir necha yuzlab vatandoshlar bilan dildan suhbat qildilar. Muftiy hazratlari hadisi shariflarda ilm olishning fazilati va tolibi ilmlarga beriladigan ajr-mukofotlar haqida soʻzlab, yurtimizdan chiqqan Imom Buxoriy kabi ulugʻ zotlar maʼrifat izlab dunyoning turli oʻlkalarida …

Batafsil

OʻZBЕKISTON VA MISR MUFTIYLARI UCHRASHUV OʻTKAZDILAR

Bugun, 9 iyun kuni Qohirada oʻtkazilayotgan xalqaro anjuman doirasida Muftiy Nuriddin domla hazratlari Misr Arab Respublikasi muftiysi Shavqiy Ibrohim Allom bilan uchrashuv oʻtkazdilar. Unda Oʻzbekistonning Misrdagi elchisi Mansur Qilichev, Misr Arab Respublikasi muftiyligi vakillari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. Samimiy muloqot chogʻida Shavqiy Allom hazratlari Muftiy Nuriddin domla hazratlariga nufuzli …

Batafsil

OʻZBЕKISTON TAJRIBASI XALQARO KONFЕRЕNSIYADA YUQORI BAHOLANDI

Qohirada davom etayotgan xalqaro anjumanning asosiy qismida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Islom maʼrifatini toʻgʻri yetkazish va buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi turish borasidagi Oʻzbekiston tajribasi haqida nutq soʻzladi. Xususan, “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyili asosida ekstremistik gʻoyalar taʼsiridan xalqimizni himoya qilishda sof Islom aqidasini keng yoyish, chiroyli pandu nasihat qilish …

Batafsil

DOKTOR HAMZA BAKRIY MARKAZGA TASHRIF BUYURDI

Bugun ayni kunlarda mamlakatimizda boʻlib turgan Kalom va islom falsafasi boʻyicha yetuk olim, Turkiyaning Ibn Xaldun universiteti professori, doktor Hamza Bakriy Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Jamoliddin Karimov hamrohligida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Mehmonni Markaz direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent …

Batafsil

Diqqat eʼlon

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri — Ibn Xaldun universiteti professori, doktor Hamza Bakriy ishtirokida “Imom Abu Hanifa va Imom Buxoriyning imon masalasidagi qarashlari” mavzusida ilmiy seminar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Seminarda onlayn tarzda ishtirok etishga taklif qilamiz. Seminar bugun 8 iyunda, Toshkent vaqti bilan soat 15.00 …

Batafsil

Muftiy xalqaro konferensiyada muhim takliflarni ilgari surdi

7 iyun kuni Qohira shahrida boshlangan Islom olamida juda katta ahamiyatga ega boʻlgan anjumanning ochilish marosimida Muftiy Nuriddin domla hazratlari hozirgi kundagi eng muhim masalalarni ilgari surdilar. Nufuzli tadbir Qurʼoni karim tilovati bilan boshlandi. Ochilish marosimida Misr Arab Respublikasi muftiysi Shavqiy Allom kirish soʻzi bilan ochib, zamonaviy tahdidlarning oldini olish, …

Batafsil